Xursandov Komiljon Maxmatkulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirishda yashil investisiyalardan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1095.
Ilmiy maslahatchi: Sindarov Sherzod Egamberdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Yusupxodjaeva Gulchexra Baxodirxo‘jaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirishda yashil investisiyalardan foydalanishning metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 uslubiy yondashuvga ko‘ra “Mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirishda yashil investisiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mashinasozlik sanoati tarmog‘idagi yashil investisiyalarni salmog‘ini oshirish va yashil transport tizimini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni o‘sishini ta’minlashda unga ta’sir etuvchi omillarni o‘zaro integarsiyalash asosida mashinasozlik sanoati tarmog‘ining tarkibiy o‘zgarishlariga ko‘maklashish va kelajakka mos qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan “Kelajak uchun sarmoya” nomli yangi dasturi asoslangan;
mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishda yangi innovatsion imkoniyatlarni qamrab olgan “Fan - Texnologiya - Ishlab chiqarish - Bozor” tamoyillari tizimiga asoslangan hamda ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy tajribalar asosida tashkil etiladigan tarmoqlararo kengashini tashkil etilishi asoslangan;
mashinasozlik sanoati tarmog‘iga yashil investisiyalarni jalb etishning zamonaviy yondoshuvlarini yagona tizimga takomillashtirish natijasida yashil investisiyalarni jalb etishning zamonaviy mexanizmini amaliyotga joriy etish asosida mashinasozlik korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston mashinasozlik sanoati tarmog‘ida yashil investisiyalar oqimini ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
mashinasozlik sanoati tarmog‘ida yashil investisiyalarning iqtisodiy mazmuni, yashil investision siyosatni samaradorligi va O‘zbekistonda mashinasozlik sanoati tarmog‘ini yashil investisiyalar asosida rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirishda yashil investisiyalardan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirishda yashil investisiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mashinasozlik sanoati tarmog‘idagi yashil investisiyalarni salmog‘ini oshirish va yashil transport tizimini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni o‘sishini ta’minlashda unga ta’sir etuvchi omillarni o‘zaro integarsiyalash asosida mashinasozlik sanoati tarmog‘ining tarkibiy o‘zgarishlariga ko‘maklashish va kelajakka mos qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan “Kelajak uchun sarmoya” nomli yangi dasturini asoslash bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga tatbiq etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 27-dekabrdagi 21/06-25-2307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zavtosanoat” AJ tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar va mutaxassislarda mashinasozlik sanoati tarmog‘idagi yashil investisiyalarni salmog‘ini oshirish va yashil transport tizimini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni o‘sishini ta’minlashda unga ta’sir etuvchi omillarni o‘zaro integarsiyalash asosida mashinasozlik sanoati tarmog‘ining tarkibiy o‘zgarishlariga ko‘maklashish va kelajakka mos qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan “Kelajak uchun sarmoya” nomli yangi dasturni mazmun-mohiyatini hamda “Mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirishda yashil investisiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuniga doir bo‘lgan yangi nazariy va amaliy bilimlarni yanada kengaytirish imkoniga erishilgan;
mashinasozlik sanoati tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishda yangi innovatsion imkoniyatlarni qamrab olgan “Fan - Texnologiya - Ishlab chiqarish - Bozor” tamoyillari tizimiga asoslangan hamda ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy tajribalar asosida tashkil etiladigan Tarmoqlararo kengashini tashkil etish taklifi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 27-dekabrdagi 21/06-25-2307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati tarkibidagi korxonalarni va mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, ilmiy tashkilotlar bilan faoliyati uzviyligini ta’minlash hamda 4 ta aniq tamoyillar asosida mashinasozlik sohasini takomillashtirishning yangi imkoniyatlari joriy etildi. Bunda “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatida Tarmoqlararo kengashini tashkil etilishi “Fan - Texnologiya - Ishlab chiqarish - Bozor” tamoyillari tizimiga asoslangan bo‘lib, Taqmoqlararo kengash orqali fanni rivojlanishi, yangi texnologiyalarni yaratilishi, innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etilishi va takomillashtirilishi hamda tayyor mahsulot sifatida bozorda sotilishi yagona tizim sifatida yuzaga keldi. Buning natijasida esa yangi ishlab chiqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi hamda mazkur tizimni samarali ishlashi asosida “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmini va sotuv imkoniyatlarini 2 foiz o‘sishiga va iqtisodiy imkoniyatlarni ortishiga erishilgan;
mashinasozlik sanoati tarmog‘iga yashil investisiyalarni jalb etishning zamonaviy yondoshuvlarini yagona tizimga takomillashtirish natijasida yashil investisiyalarni jalb etishning zamonaviy mexanizmini amaliyotga joriy etish asosida mashinasozlik korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish taklifi “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 27-dekabrdagi 21/06-25-2307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati tarkibidagi korxonalarga va mashinasozlik sanoati tarmog‘iga yashil investisiyalarni jalb etishning zamonaviy mexanizmi tatbiq etildi. Natijada esa, “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati tarkibidagi korxonalarda va mashinasozlik sanoati korxonalarida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, korxonalarga yashil texnologiyalarni tatbiq etish, yashil budjet va yashil moliyalashtirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish hamda qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini rivojlantirish imkoniyatlarini yuzaga kelishi asosida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati tarkibidagi korxonalarda va mashinasozlik sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini 5 foiz ortishiga erishildi.
Bunda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini 5 foizga ortishiga O‘zavtosanoat” AJ faoliyati tarkibidagi korxonalarda olib borilgan iqtisodiy tahlillar, ko‘rsatkichlarni solishtirma tahlillari, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllanish manbalari, korxonalardagi istiqbolli iqtisodiy prognoz natijalari o‘rganilib, ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga yangi mexanizmni ta’sir choralari qo‘llanilishi natijasida kuzatuvlarga asosan iqtisodiy muammolar aniqlandi va bartaraf etilishi hisobiga koroxnalarda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini 5 foiz ortishiga erishilgan;
O‘zbekiston mashinasozlik sanoati tarmog‘ida yashil investisiyalar oqimini ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ssenariylari O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 27-dekabrdagi 21/06-25-2307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati va mashinasozlik sanoati tarmog‘ida yashil investisiyalar oqimini ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilishi asosida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati va mashinasozlik sanoati tarmog‘i tarkibidagi korxonalarda uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
mashinasozlik sanoati tarmog‘ida yashil investisiyalarning iqtisodiy mazmuni, yashil investision siyosatni samaradorligi va O‘zbekistonda mashinasozlik sanoati tarmog‘ini yashil investisiyalar asosida rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 27-dekabrdagi 21/06-25-2307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mashinasozlik sanoati tarmog‘ini yashil investisiyalar yordamida rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini, istibollari va natijalarini oldindan tahlil qilish, kuzatish va o‘rganish hamda baholashga qaratilgan yangi imkoniyatlarini amaliyotga tatbiq etilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish