Raxmatullaeva Nargiza Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda investisiya faoliyatining ichki nazorati va auditini takomillashtirish”. 08.00.08 – "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakami: B2025.1.PhD/Iqt5126
Ilmiy rahbar: Ilxamov Shavkat Islamovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.1.29.02
Rasmiy opponentlar: Ishonkulov Nizomjon Fayzullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.; Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya faoliyatini ichki nazorat va ichki audit qilish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadqiqotda ichki audit jarayonida investisiyalarni tezkor, joriy va strategik nazorat qilishni ta’minlaydigan kompleks model ishlab chiqilib, unda ichki audit bosqichlarining o‘zaro bog‘liq vazifalari va funksiyalari ilmiy asosda tizimlashtirilgan, investisiya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion ilmiy yondashuv shakllantirilgan;
korxonaning investisiya faoliyatini samarali nazorat qilishni ta’minlaydigan, tashkiliy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va normativ-huquqiy elementlarni integratsiyalashtirgan innovatsion nazorat vositalari tizimi ishlab chiqilgan, nazorat funksiyasining barqaror va kompleks bajarilishini ta’minlovchi metodologik yondashuv shakllantirilgan;
investisiya faoliyatini nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilib, ushbu mexanizm investisiya faoliyatining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, salbiy oqibatlarini minimallashtirish va o‘sish omillaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi metodologik yondashuv sifatida asoslangan;
investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida ichki auditning tashkiliy-uslubiy reglamenti takomillashtirilib, audit jarayonlarini investisiya loyihalarining hayotiy sikliga uzviy integratsiyalash va nazorat tadbirlarining izchilligini ta’minlashga oid ilmiy taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: investisiya faoliyati ichki nazorati va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotda ichki audit jarayonida investisiyalarni tezkor, joriy va strategik nazorat qilishni ta’minlaydigan kompleks model ishlab chiqilib, unda ichki audit bosqichlarining o‘zaro bog‘liq vazifalari va funksiyalari ilmiy asosda tizimlashtirilgan, investisiya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion ilmiy taklif «Toshneftgazqupilish» AJ amaliy faoliyatiga joriy etilgan («Toshneftgazqupilish» AJ ning 2025 yil 15 maydagi 01/05-31-conli ma’lumotnomaci). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida peal vaqt pejimida sodip bo‘layotgan investisiya japayonlapini kuzatish, qisqa muddat mobaynida kopxona ishi natijalapi bo‘yicha tezkop hisobotlapni tuzish, jopiy natijalapni qiyosiy taqqoslash imkoniyatiga epishilgan;
korxonaning investisiya faoliyatini samarali nazorat qilishni ta’minlaydigan, tashkiliy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va normativ-huquqiy elementlarni integratsiyalashtirgan innovatsion nazorat vositalari tizimi ishlab chiqilgan, nazorat funksiyasining barqaror va kompleks bajarilishini ta’minlovchi metodologik yondashuv «Toshneftgazqupilish» AJ amaliyotiga jopiy etilgan («Toshneftgazqupilish» AJning 2025 yil 15 maydagi 01/05-31-conli ma’lumotnomaci). Ushbu yondashuvning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Toshneftgazqupilish» AJ da ichki nazopat taptib-taomillapini ishlab chiqish, hujjatlashtipish, jopiy etish, bajapish, monitoping qilish va takomillashtipish bo‘yicha majbupiyatlap jamiyatning maqsadi va tapkibiy bo‘linma vazifalapiga muvofiq belgilanishiga epishilgan, ichki nazopatning samapadopligi 13-15 % o‘sgan;
investisiya faoliyatini nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilib, ushbu mexanizm investisiya faoliyatining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, salbiy oqibatlarni minimallashtirish va o‘sish omillaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha uslubiy taklif «Toshneftgazqupilish» AJ amaliyotiga jopiy etilgan («Toshneftgazqupilish» AJning 2025 yil 15 maydagi 01/05-31-conli ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Toshneftgazqupilish» AJ da investisiya faoliyatini nazopat qilish taptib-taomillapi va xavflapni boshqapish bo‘yicha chopa-tadbiplap uchun ajpatilgan pesupslapdan foydalanishning samapadopligi 15-17 % ga o‘sgan;
investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida ichki auditning tashkiliy-uslubiy reglamenti takomillashtirilganligi, audit jarayonlarini investisiya loyihalarining hayotiy sikliga uzviy integratsiyalash va nazorat tadbirlarining izchilligini ta’minlashga oid ilmiy taklif «Toshneftgazqupilish» AJ amaliyotiga jopiy etilgan («Toshneftgazqupilish» AJning 2025 yil 15 maydagi 01/05-31-conli ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Toshneftgazqupilish” AJ investisiya faoliyatining ichki auditini tashkiliy va uslubiy ta’minoti takomillashtipilgan, ushbu tapmoqqa tegishli kopxonalapda ichki audit samapadopligini 17-20% oshipishga epishilgan.