Murotkosimov Shoxrux Abdisalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbari: G‘iyosov Ilhom Karimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tursunov Sherzod Abdukadirovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘llarini ilmiy asoslab berish hamda bu borada ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aniqlashtirilib, u iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlikni o’zaro uyg‘unlashtiruvchi hamda manfaatdor tomonlar o’rtasidagi institutsional munosabatlarni ESG tamoyillari asosida tartibga soluvchi integratsiyalashgan boshqaruv tizimi sifatida takomillashtirilgan;
qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv samaradorligini baholashda ESG indikatorlari tizimiga mehnat xavfsizligi koeffitsienti (MXK), loyiha ekologik moslik indeksi (LEMI), mahalliy jamoa foydalilik ko‘rsatkichi (MJFK) hamda boshqaruv shaffofligi indeksini (BSI) integratsiyalash asosida korporativ ijtimoiy boshqaruv samaradorligining integral ko‘rsatkichi - “KIBSI” (Korporativ Ijtimoiy Boshqaruv Samaradorligi Indeksi) ishlab chiqilgan;
qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruvni strategik rivojlantirish maqsadida ESG strategiyasi, stakeholder management, risk-menejment, korporativ madaniyat va raqamli KPI tizimini o’zaro bog‘lovchi besh darajali strategik piramida modeli ishlab chiqilib, uning samaradorligini baholovchi “Strategic Effectiveness Index (SEindex)” ko‘rsatkichi taklif etilgan;
O’zbekiston Respublikasi qurilish sektorida korporativ ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish darajasi hamda ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) indikatorlari o’rtasidagi funksional bog‘liqlikni aks ettiruvchi ekonometrik modellar ishlab chiqilgan. Mazkur matematik-iqtisodiy modellashtirish asosida, mahalliy qurilish korxonalarining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy mas’uliyat tendensiyalari, korporativ shaffoflik darajasi va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining istiqbolli prognoz parametrlari shakllantirilgan. Shu bilan birga, ushbu prognoz ko‘rsatkichlarining soha subektlarining uzoq muddatli investisiyaviy jozibadorligi hamda ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlik salohiyatiga ko‘rsatadigan bevosita ta’siri miqdoriy va sifat jihatidan baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomllashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aniqlashtirilib, u iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlikni o’zaro uyg‘unlashtiruvchi hamda manfaatdor tomonlar o’rtasidagi institutsional munosabatlarni ESG tamoyillari asosida tartibga soluvchi integratsiyalashgan boshqaruv tizimi sifatida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Loyiha boshqaruvi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv tizimini ESG tamoyillari asosida tashkil etish, manfaatdor tomonlar bilan institutsional munosabatlarni boshqarish hamda barqaror rivojlanishga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv samaradorligini baholashda ESG indikatorlari tizimiga mehnat xavfsizligi koeffitsienti (MXK), loyiha ekologik moslik indeksi (LEMI), mahalliy jamoa foydalilik ko‘rsatkichi (MJFK) hamda boshqaruv shaffofligi indeksini (BSI) integratsiyalash asosida korporativ ijtimoiy boshqaruv samaradorligining integral ko‘rsatkichi - “KIBSI” (Korporativ Ijtimoiy Boshqaruv Samaradorligi Indeksi)ni ishlab chiqish taklifi O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-iyuldagi 34-06/933-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida qurilish korxonalarida korporativ ijtimoiy boshqaruv samaradorligini baholash aniqligi 18-22 foizga oshgan, KIBSI indeksining 0,40-0,69 oralig‘idagi korxonalarni barqaror rivojlanish bosqichiga o’tkazish imkoniyati yaratilgan hamda ESG risklarini monitoring qilish samaradorligi 25 foizga yaxshilangan;
qurilish korxonalarida ESG strategiyasi, stakeholder management, risk-menejment va raqamli KPI mexanizmlari o’rtasida tizimli integratsiyaning etarli emasligi aniqlanib, ularni o’zaro bog‘lovchi besh bosqichli strategik piramida modeli hamda uning samaradorligini baholashga xizmat qiluvchi “Strategic Effectiveness Index (SE_index)” ko‘rsatkichini qo‘llash taklifi O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining qurilish korxonalarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishga oid dasturlarida foydalanish uchun qabul qilingan (O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 7-iyuldagi 34-06/933-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalarida strategik boshqaruv samaradorligini baholash tizimi takomillashtirilib, “SE_index” ko‘rsatkichining 0,75 dan yuqori bo‘lishi asosida korporativ ijtimoiy boshqaruvning barqaror va samarali tizimini shakllantirish hamda ESG asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
O’zbekiston qurilish sektorida korporativ ijtimoiy boshqaruv jarayonlarining raqamlashtirish darajasi hamda ESG indikatorlari o’rtasidagi o’zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilgacha qurilish korxonalarining ijtimoiy mas’uliyat, korporativ shaffoflik va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining prognoz parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tarmoqni raqamlashtirish va ESG tamoyillarini joriy etishga oid dasturlarida foydalanish uchun qabul qilingan (O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 2026-yil 7-iyuldagi 34-06/933-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilgacha qurilish korxonalarida KIBSI ko‘rsatkichini 42 balldan 75 ballgacha oshirish, BIM texnologiyalarini joriy etish darajasini 32 foizdan 85 foizgacha yetkazish, ESG hisobotlarini yurituvchi korxonalar ulushini 24 foizdan 80 foizgacha oshirish hamda korporativ boshqaruvning raqamli monitoring tizimini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan