Nyutonova Xilola Lochinbekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7746.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sabirova Charos Atamamatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus Universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Surobova Rayxona Zokirjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi asosida o‘quvchilarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar, metodlar va amaliy tavsiyalar tizimini ishlab chiqish hamda ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasining o‘quvchilarda milliy va vatanparvarlik qadriyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan aksiologik-pedagogik salohiyati asardagi ma’rifatparvarlik, milliy identifikatsiya, ijtimoiy mas’uliyat, jaholatga tanqidiy munosabat va Vatan taqdiriga daxldorlik konseptlarini qadriyatli-semantik matritsa doirasida integratsiyalash orqali, tarixiy-pedagogik rekonstruksiya, germenevtik interpretatsiya va aksiologik tahlil vositasida drama syujeti, konfliktologik tuzilma, obrazlar tizimi hamda jadid ma’rifatparvarligining ijtimoiy-tarbiyaviy paradigmasi asosida aniqlashtirilgan va natijada asarning vatanparvarlik tarbiyasidagi konseptual-didaktik potensiali ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘quvchilarning vatanparvarlik kompetensiyasining strukturaviy-diagnostik konstruksiyasi motivatsion-qadriyatli, kognitiv-tarixiy, faoliyatli-fuqarolik va refleksiv-shaxsiy komponentlarni qadriyatli internalizatsiya, tarixiy identifikatsiya, fuqarolik agentligi va refleksiv o‘zini pozisiyalash jarayonlari bilan funksional bog‘lash orqali, aksiologik tanlov situatsiyalari, muammoli-diagnostik topshiriqlar, kuzatuv protokollari va deskriptorli baholash vositalari yordamida “Padarkush” dramasining tarbiyaviy mazmuni asosida operatsionallashtirilgan va natijada vatanparvarlik kompetensiyasining mezonlari, indikatorlari hamda darajaviy deskriptorlari tizimlashtirilgan;
“Padarkush” dramasi vositasida o‘quvchilarda vatanparvarlik qadriyatlarini rivojlantirish metodik arxitekturasi badiiy mazmunni perseptiv qabul qilish, tarixiy-ma’rifiy kontekstni germenevtik anglash, qahramonlar xatti-harakatlarini aksiologik dekodlash, muammoli vaziyatga shaxsiy pozisiya bildirish, fuqarolik nuqtayi nazarini argumentlash va refleksiv-qadriyatli xulosa chiqarish bosqichlarini izchil integratsiyalash orqali, dramatizatsiya, debat, pedagogik keys, rolga kirish, loyiha va refleksiv yozuv texnologiyalari vositasida shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik va faoliyatli yondashuvlarning didaktik transpozisiyasi asosida takomillashtirilgan va natijada o‘quvchining qadriyatli tanlovi hamda fuqarolik-vatanparvarlik subektligini shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
“Padarkush” dramasi asosida vatanparvarlik qadriyatlarini rivojlantirish metodikasining kriterial-verifikatsion mexanizmi motivatsion-qadriyatli, kognitiv-tarixiy, faoliyatli-fuqarolik va refleksiv-shaxsiy ko‘rsatkichlarning dinamik o‘zgarishini boshlang‘ich va yakuniy diagnostik kesimlarda qiyoslash orqali, mezoniy baholash, eksperimental va nazorat guruhlari natijalarini komparativ tahlil qilish, sifat-miqdoriy triangulyasiya hamda matematik-statistik verifikatsiya vositalari yordamida metodik ta’sirning natijaviyligi asosida takomillashtirilgan va natijada uning dalillarga asoslangan pedagogik samaradorligi hamda umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga transfer qilish shartlari ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
ilk bor Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasining vatanparvarlik tarbiyasiga oid pedagogik imkoniyatlarining tizimli tahlili asosida asardagi milliy o‘zlikni anglash, ona yurtga muhabbat va ma’rifatga intilish motivlari o‘quvchilar shaxsini shakllantirishdagi tarbiyaviy funksiyasi nuqtayi nazaridan konseptual tavsifiga oid xulosalar “Umumiy pedagogika” fanidan darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 842196 raqamli guvohnomasi). Natijada, an’anaviy tarbiya tizimidan farqli ravishda dramadagi vaziyatlar va qahramonlarning ruhiy kechinmalarini pedagogik talqin qilish orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg‘otishning emotsional-intellektual mexanizmi ochib berilgan;
Behbudiy dramaturgiyasida vatanparvarlik tarbiyasining mazmun-mohiyati va ko‘p darajali tuzilmasining ilmiy-nazariy talqiniga tayangan holda “Padarkush” dramasi misolida o‘quvchilarda vatanparvarlikni tarbiyalashning uch darajasi – kognitiv (bilimlar), affektiv (hissiy munosabat) va konativ (xulq-atvor) metodologik jihatdan asoslanib, “otani o‘ldirish – vatanga xiyonat” antitezasi asosida shaxsiy manfaat va jamiyat burchi, jasorat va qo‘rquv, milliy uyg‘onish va mustamlakachilik tazyiqi o‘rtasidagi ziddiyatlarning pedagogik tahlil qilinishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr xorazm vohasining milliy-ma’naviy merosini tadqiq qilish va (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron ilovasini yaratish mavzusidagi IL-402104155-raqamli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 02-192/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyatining ortishiga xizmat qilgan;
“Padarkush” dramasi vositasida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda dars (adabiyot, tarix, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”) hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar (teatrlashtirilgan sahnalar, munozaralar, rolli o‘yinlar, ijodiy loyihalar) integratsiyasi asosida “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Zinama-zina”, “Muhokama” va “Fikrlar doirachasi” interfaol metodlardan o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, empatiya va axloqiy tanlov qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid ma’lumotlar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 766057-raqamli guvohnomasi). Natijada, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ahamiyatini aniqlash imkoni kengaytirilgan.
“Padarkush” dramasi asosida vatanparvarlik tarbiyasining samaradorlik mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari tizimi asosida pedagogik samaradorligi isbotlangan dars va dardan tashqari ishlar jarayonida vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirishga oid ma’lumotlardan 2023-2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va madaniyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 2025-yil 12-sentabrdagi 26-36-1032-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda eshittirishlarda ko‘tarilgan “o‘quvchilarda vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish”ga doir masalalarning ilmiy asosi hamda metodik va didaktik ta’minoti boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish