Rajabov Baxtiyor Almaxmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishni sudga qadar yuritishda isbot qilishning umumiy shartlariga rioya etilishini ta’minlash», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Yu62.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov O‘tkirbek Xazratkulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.25.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxitdinov Faxriddin Muxitdinovich, yuridik fanlar doktori, katta ilmiy xodim; Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishni sudga qadar yuritishda isbot qilishning umumiy shartlariga rioya etilishini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
himoyachining jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash huquqini qonunda belgilash orqali uni dalillarni to‘plashga vakolatli sub’ektlar doirasiga kiritish asoslangan;
soxtalashtirish yo‘li bilan olingan faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligini huquqiy jihatdan mustahkamlash asoslab berilgan;
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, eksperiment tergov harakatlari natijalarini qayd qilishda videoyozuv vositalaridan foydalanishning majburiyligini belgilash asoslangan;
dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushganda arz qiluvchining vajlarini xizmat tekshiruvi va ekspertiza tayinlash yo‘li bilan tekshirish zarurligi asoslab berilgan;
jabrlanuvchi, guvohning xabardorligi manbasini aytib bera olmagan ko‘rsatuvlaridan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi asoslangan;
hodisa joyi tergovchi tomonidan shaxsan ko‘zdan kechirilishini ta’minlash, hodisa sodir bo‘lgan joyga o‘zga shaxslarning kirishini qat’iyan taqiqlash orqali dalillarni to‘plashda qonun talablari buzilishining oldini olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishni sudga qadar yuritishda isbot qilishning umumiy shartlariga rioya etilishini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
himoyachining jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash huquqini qonunda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2018 yil 4 apreldagi qonuni 2-moddasining 4-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 4 martdagi 06/1-05/880-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi dalillarni to‘plashga vakolatli sub’ektlar doirasini kengaytirishga xizmat qilgan;
soxtalashtirish yo‘li bilan olingan faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishni maqbul emas deb topishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2018 yil 4 apreldagi qonuni 2-moddasining 6-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 4 martdagi 06/1-05/880-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi isbot qilishda qonun talablari buzilishining oldini olishga hissa qo‘shgan;
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tergov harakatlari natijalarini qayd qilishda videoyozuv vositalaridan foydalanishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2018 yil 4 apreldagi qonuni 2-moddasining 5-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 17 maydagi 06/1-05/890vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov harakatlari natijalarini qayd qilishda qonun talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
arz qiluvchining vajlarini xizmat tekshiruvi va ekspertiza tayinlash yo‘li bilan tekshirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining «Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 2018 yil 24 avgustdagi 24-son qarori 4-bandining 4-xatboshisida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 16 maydagi 11-34-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullarning qo‘llanilishini oldini olishga hissa qo‘shgan;
jabrlanuvchi, guvohning xabardorligi manbasini aytib bera olmagan ko‘rsatuvlaridan dalil sifatida foydalanishni maqbul emas deb topishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 2018 yil 24 avgustdagi 24-son qarori 9-bandi 1-xatboshisining «e» kichik bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 16 maydagi 11-34-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi isbot qilishda qonun talablari buzilishining oldini olishga xizmat qilgan;
hodisa joyi tergovchi tomonidan shaxsan ko‘zdan kechirilishini ta’minlash, hodisa sodir bo‘lgan joyga o‘zga shaxslarning kirishini qat’iyan taqiqlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 12 iyundagi 100-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaning 54-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 33/02-02/453-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirishga hissa qo‘shgan.