Kurbanova Munisa Akbaralievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak ofitserlarning muloqot kompetensiyasini oshirishda sohaga oid so‘zlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish (ingliz tili fani misolida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2026.2.PhD/Ped12808.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlar doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Missirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlar doktori(DSc), dotsent; Boymanov Xabibulla Abdullaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ofitserlarning muloqot kompetensiyasini oshirishda sohaga oid so‘zlarni o‘qitish metodikasini ingliz tili kontekstida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy va scenario-based learning yondashuvlari asosida bo‘lajak ofitserlarning ingliz tilida kasbiy-xizmat muloqot ko‘nikmalarini baholash mezonlari va indikatorlari ishlab chiqilib, ular CEFR deskriptorlari hamda harbiy kommunikativ vazifalar taksonomiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan diagnostik rubrika asosida takomillashtirilgan;
harbiy kasbiy diskursga xos leksik-grammatik modellar, kollokatsiyalar bilan birga standart frazeologik birliklar va “plain english” tamoyillariga mos radio-protokol nutq qoliplari tizimlashtirilganligi asosida, autentik korpus materiallari hamda chastotaviy tahlil va pragmatik xatolar tipologiyasiga tayangan mikroo‘qitish modellarini loyihalash metodikasi data-driven learning metodikasi asosida takomillashtirilgan;
“AI-driven adaptive learning” va “learning analytics” metodlari integratsiyasi asosida bo‘lajak ofitserlarning individual profili va o‘zlashtirish dinamikasiga mos shaxsiylashtirilgan mashq-traektoriyalarini yaratish, avtomatlashtirilgan formativ feedback bilan birga dialog simulyasiyasi vositalari orqali ingliz tilida talaffuz hamda intonatsiya va ravonlikni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
AR/VR texnologiyasi va TBLT metodlari integratsiyasi asosida harbiy kasbiy diskursga oid real xizmat vaziyatlarini modellashtiruvchi “mission-oriented” topshiriqlar banki va “refleksiv debriefing” algoritmini qamrab olgan kompleks metodikasi takomillashtirilib, uning samaradorligi kvazi-eksperimental tadqiqot natijalari va statistik ishonchlilik ko‘rsatkichlari asosida dalolatlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofitserlarning muloqot ko‘nikmalarini oshirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik mexanizmlari mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
kompetensiyaviy va scenario-based learning (vaziyatga yo‘naltirilgan) yondashuv asosida harbiy sohada muloqot ko‘nikmalarini oshirishda ingliz tilini o‘qitish jarayonida terminlarni tasniflashning ilmiy mezonlari, ierarxik darajalari va tipologik xususiyatlarini takomillashtirishga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2026-yil 24-martdagi ALM-202310202738-sonli ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida foydalanish uchun innovatsion profayling texnologiyasini ishlab chiqish” nomli maqsadli ilmiy-amaliy fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi 2026-yil 3/998-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy ta’lim yo‘nalishi kursantlari ingliz tilini o‘rganish jarayonida faolligi, mustaqil ishlash malakasi va amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishda umumtil doirasida qo‘llaniladigan harbiy diskursga xos terminlarning differensial belgilari hamda innovatsion va interfaol yondashuvlardan foydalanish zarurati asoslab berilgan;
data-driven learning (DDL) va korpus lingvistikasi texnologiyasi asosida harbiy kasbiy diskursga xos leksik-grammatik modellar, standart frazeologik birliklar va “plain English” tamoyillariga mos radio-protokol nutq qoliplari aniqlanib, autentik muloqot yozuvlari korpusi negizida kollokatsion tahlil, chastota profilingi va pragmatik xatolar tipologiyasiga tayangan o‘qitish modullari (microlesson)ni loyihalashning lingvodidaktik asoslarini ilmiy tahlil qilish hamda terminologik birliklarni tasniflash mezonlari, darajalari va kontekstual semantikasi aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2026-yil 3-apreldagi AL-11325078166-sonli shartnomaga asosan amalga oshirilayotgan “Kriminogen vaziyatning monitoringini amalga oshirish uchun Toshkent shahrining geoinformatsion xaritasining dasturiy ta’minotini yaratish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi 2026-yil 3/1149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy sohaga oid terminlarni o‘rganishda, muloqot ko‘nikmalarini hamda til o‘rganishdagi motivatsiyasini oshirish, kommunikativ vaziyatlarda moslashuvchan bo‘lish va kasbiy faoliyatda tilni faol qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish darajalariga ta’siri isbotlab berilgan;
AI-driven adaptive learning (sun’iy intellektga tayanuvchi adaptiv ta’lim) va learning analytics yondashuvi asosida ingliz tilida harbiy terminlarni o‘qitish jarayonining nazariy mohiyati innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid ma’lumotlardan asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan Jizzax viloyati telekanalining 2026-yil 24-yanvar kungi “Subhidam” dasturida foydalanilgan (Jizzax viloyati telekanalining 2026-yil 27-fevraldagi 191/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy terminologiyani ingliz tilida o‘qitishda sohaviy yo‘naltirilganlikni ta’minlovchi zamonaviy va yangi interfaol metodlardan oqilona foydalanish usullari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda amaliy qo‘llanish texnologiyalari kompleks o‘rganilgan;
AR/VR texnologiyasi va TBLT metodlari integratsiyasi asosida harbiy kasbiy diskursga oid real xizmat vaziyatlarini modellashtiruvchi “mission-oriented” topshiriqlar banki va “refleksiv debriefing” algoritmini qamrab olgan kompleks metodikasi takomillashtirilib, uning samaradorligi kvazi-eksperimental tadqiqot natijalari va statistik ishonchlilik ko‘rsatkichlari isbotlaganligiga oid taklflardan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida foydalanish uchun innovatsion profayling texnologiyasini ishlab chiqish” nomli maqsadli ilmiy-amaliy fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi 2026-yil 3/998-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilarning real xizmat vaziyatlarida kasbiy diskursni mustaqil tashkil etish, tezkor kommunikativ qaror qabul qilish hamda bajarilgan faoliyatni refleksiv baholash ko‘nikmalari rivojlangan.