Sagatova Shaxnoza Baxtiyorovna

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10953.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Nodira Muxtorjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Jalikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Dilfuza Muhitdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy nutqiy vaziyatlarni modellashtirishda lingvistik minimumni talabalarning til tayyorgarligi va klinik muloqot ehtiyojlariga mos belgilash hamda tibbiy diskursda ma’noni aniqlashtirish orqali nutqiy hamkorlikni faollashtirish asosida aniqlashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli mustaqil o‘rganishni kasbiy rollar taqsimoti bilan uyg‘unlashtirish va audiovizual materiallar asosida dialogik nutq harakatlarini muvofiqlashtirish orqali maqsadli va mazmunli bloklarning protsessual hamda diagnostik bloklar bilan uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi tibbiy terminlar ma’nosini kasbiy kontekstda o‘zlashtirishdan ularni klinik vaziyatlarga asoslangan rolli muloqotda qo‘llashga izchil o‘tish hamda o‘zaro baholash orqali tibbiy diskursning mazmuniy va mantiqiy bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish samaradorligi tibbiy matnlarni mazmunan anglash va kasbiy vaziyatlarda muloqotni boshqarishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni to‘g‘rilik, aniqlik, moslashuvchanlik va tizimlilik mezonlariga tayangan shakllantiruvchi baholash bilan uyg‘unlashtirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarinining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy, motivatsion va pedagogik imkoniyatlari korpus turlari bo‘yicha shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kreativ qobiliyatlarini (tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish va ularning ijodiy nutq faoliyatini oshirish)ni ta’limiy ehtiyoj, integrativ yondashuv, ta’limda amaliy qo‘llash kabi kasbiy tayyorgarlik omillarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Medical English for Dental Students” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-avgustdagi 22-01-520/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan;
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan kompetentli, kommunikativ, differensiyalashgan didaktik ta’lim jarayonini til faolligi darajasini baholashning motivatsion, kognitiv va kasbiy mezonlarini rivojlantirish asosida korpus turlari bo‘yicha ilg‘or ta’lim texnologiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va asinxron holatlarni yaratish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Medical English for Dental Students” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-avgustdagi 22-01-520/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetensiyalar (lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik)ni samaradorligi oshirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi didaktik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning intellektual va emotsional aspektlarini optimallashtirish imkoniyatlari kompetentli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni o‘zaro integrativ uyg‘unligini ta’minlash rivojlantirishga oid takliflar “Medical English for Dental Students” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-avgustdagi 22-01-520/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetensiyalarni samaradorligi oshirish imkoni kengaytirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarlikka moslashishining pedagogik parametrlari mazmunini tashkil etuvchi shaxsiy, kommunikativ kompetensiyalar motivatsion-qadriyatli, kognitiv va ijtimoiylik kabi aniqlik ko‘rsatkichlari hamda yuqori, o‘rta, qoniqarli, qoniqarsiz darajalarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida tinglab tushunish, dialog, monolog, o‘qish, yozish ko‘nikmalarini baholash mezonlarini rivojlantirishga oid takliflar “Medical English for Dental Students” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-avgustdagi 22-01-520/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari asosida samaradorlik aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish