Axmadjonova Gulira’no Muxtorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirish metodik tizimini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7413.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.10.03.
Rasmiy opponentlar: Isaqova Muazzam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning ilmiy asoslangan metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkitillilik tushunchasi va uning o‘quvchilarning intellektual, nutqiy hamda shaxsiy rivojlanishidagi ahamiyati madaniyatlararo muloqot va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillari asosida tahlil qilinib, ikkitillilikni shakllantirishning pedagogik (maqsadga yo‘naltirilganlik, tizimlilik, kommunikativlik) va psixologik (yosh xususiyatlari, madaniy moslashuv, motivatsiya, emotsional qulaylik) xususiyatlari aniqlangan;
ona tili fanini o‘qitish orqali kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning metodik tizimi “Tematik maydon”, “Ta’limiy she’rlar”, “Sirli konvert”, “Gapni qutqar”, “So‘z quruvchi konstruktor”, “Kichik market” kabi interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarda lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarni samarali rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning pedagogik modelidagi mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik bloklar o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishda korreksion hamda kommunikativ faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning o‘quv metodik ta’minoti o‘zbek tilining grammatik qoidalariga asoslangan vizual, interaktiv, didaktik o‘yinlar, rolli muloqot mashqlari, raqamli ta’lim vositalariga asoslangan topshiriqlarni ishlab chiqish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “O‘zbek land” platformasi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirish metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ikkitillilik tushunchasi va uning o‘quvchilarning intellektual, nutqiy hamda shaxsiy rivojlanishidagi ahamiyati madaniyatlararo muloqot va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillari asosida tahlil qilinib, ikkitillilikni shakllantirishning pedagogik (maqsadga yo‘naltirilganlik, tizimlilik, kommunikativlik) va psixologik (yosh xususiyatlari, madaniy moslashuv, motivatsiya, emotsional qulaylik) xususiyatlarini aniqlash asosidagi tavsiyalardan IL-52 tur-21091433 “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) nomli innovatsion loyiha bajarilishida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-iyundagi 01/4-2351-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini madaniyatlararo muloqot, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillari asosida aniqlashga erishilgan;
ona tili fanini o‘qitish orqali kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirish metodik tizimi “Tematik maydon”, “Ta’limiy she’rlar”, “Sirli konvert”, “Gapni qutqar”, “So‘z quruvchi konstruktor”, “Kichik market” kabi interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarda lingvistik, kommunikativ kompetensiyalarini samarali rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan davlat dasturlari doirasidagi “Axborot-qidiruv tizimlari uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-maydagi 01/4-2102-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda lingvistik, kommunikativ kompetensiyalarni samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan interaktiv metodlar orqali ikkitillilikni shakllantirishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning pedagogik modelidagi mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik bloklar o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishda korreksion hamda kommunikativ faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarni bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan davlat dasturlari doirasidagi “Axborot-qidiruv tizimlari uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-maydagi 01/4-2102-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan model asosida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning samaradorligi oshirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning o‘quv metodik ta’minoti o‘zbek tilining grammatik qoidalariga asoslangan vizual, interaktiv, didaktik o‘yinlar, rolli muloqot mashqlari, raqamli ta’lim vositalariga asoslangan topshiriqlarni ishlab chiqish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “O‘zbek land” platformasi orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan IL-52 tur-21091433 “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) nomli innovatsion loyiha bajarilishida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-iyundagi 01/4-2351-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ikkitillilikni shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.