Appazova Lenara Imranovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston kompozitorlari ijodida romans janrining zamonaviy bosqichlari: yo‘nalishlari, ustuvorliklari, 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San270.
Ilmiy rahbar: Galushenko Irina Georgievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.11/2025.27.12.San.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Zakirova Venera Mansurovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kompozitorlik ijodida romans janrining zamonaviy bosqichdagi tendensiyalari va ustuvor yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy va Evropa musiqa tili an’analarining parda, avj, hang, nola, qochirim sinteziga barqaror moyilligi va bu maqom intonatsiyalaridagi turg‘un ohangdorlik tuzilmalari, sharqona qochirimli melizmatik bezaklar va Evropa musiqasining ifodali komponentlarining uyg‘unligida namoyon bo‘lgani aniqlangan;
o‘zbek romanslarining Sharq badiiy an’analarining asosiy oqimida shakllangan musiqiy tili, tembr dramaturgiyasi va intonatsiya tuzilmasining oktavali parallel hamohang nutq ohangi, har bir so‘zning aksentli urg‘u berish orqali tovush mantiqiy urg‘ular o‘ziga xos xususiyatlari Rustam Abdullaevning Abdulla Oripov she’rlariga yozilgan “Anglash”, “Bir qarasam”, “Dunyo”, “Omonat”, “Qadr”, “Paydo bo‘lganida” kabi romanslarining badiiy timsolida yaqqol namoyon bo‘lgani isbotlangan;
zamonaviy bosqichda romans janrining rivojlanish tendensiyalaridagi ixcham strofik kompozisiyalar musiqiy drama va teatr asarlari uchun ariya va qo‘shiqlarda Muhammad Otajonovning “Belie nochi” (“Oq tunlar”), “Bahor” va Dilorom Amanullaevaning “Jahondin kech”, “Yor kerak oshiqqa”, “Elegiya” kabi mashhur romanslarida, shuningdek, Rustam Abdullaevning “Qadr”, “Dunyo” kabi romanslari ishqiy-lirik mavzuni falsafiy-estetik anglash asosida yaratilgani dalillangan;
musiqa san’atida romans janri vatanparvarlik va milliy ruhni ifodalash orqali yuksak gumanistik g‘oyalarni ilgari surishga qaratilgan bo‘lib, o‘zbek milliy kuylari va lirik qo‘shiqlarining sintezi natijasi bo‘lgan oddiy ikki qismli shakllar tuzilmasidan foydalanish, yarim tonlar bo‘yicha intonatsion harakatlar, o‘zbek musiqasiga xos bo‘lgan badiiy ramzlarning ichki dinamikasi Mustafo Bafoevning Rudakiy g‘azaliga “Ba man oyad”, Dehlaviy so‘zlariga “G‘azal”, Oydin Abdullaevaning Zulfiya she’riga “Hijron kunlarida” kabi romanslarida yangicha va yorqin ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston kompozitorlari ijodida romans janrining zamonaviy bosqichlari: yo‘nalishlari, ustuvorliklari” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy o‘zbek romanslarining stilistik xususiyatlarini tashkil etuvchi parda, avj kabi maqom intonatsiya tuzilmalari, hang, nola, qochirim kabi sharqona melizmatik bezaklar va Evropa musiqasining ifodali vositalarining uyg‘unligida ifodalangan kompozitorlar ijodi va madaniyatlararo o‘zaro ta’sir jarayonlari milliy va Evropa musiqiy-stilistik an’analarining sinteziga barqaror tendensiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” radiokanalidagi 2023-yil 10-noyabr kuni boshlovchi Sevil Jabbarova bilan efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston-24» teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 17-noyabrdagi 03-09-644-son ma’lumotnomasi). Radiodastur ssenariysida dissertatsiya tadqiqotining uchinchi bobi materiallaridan foydalanildi. Dastur davomida radiotinglovchilar bastakor Mustafo Bafoev ijodida romans rivojlanishining asosiy tendensiyalari va uning “Ichsam og‘u safodanmu”, “Navoiyning dil izhori”, “Zi ishqi tust” va “Naboshad” romanslari bilan tanishdilar, ularda kompozitor kamer-vokal lirikasining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi;
Sharq estetik an’analariga mos ravishda shakllangan va musiqiy til, tembr dramaturgiyasi va intonatsiya sohasining o‘ziga xos xususiyatlarida namoyon bo‘lgan o‘zbek romanslarining badiiy xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq tadqiqot natijalari 2024-yil 29-martda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi konsert zalida bo‘lib o‘tgan ma’ruza mazmuniga kiritildi Ma’ruzada Abdulla Oripov she’rlariga bastakor R.Abdullayevning “Anglash”, “Bir qarasam”, “Xasadgo‘y haqida”, “Dunyo”, “Omonat”, “Qadr”, “Paydo bo‘lganda” va boshqa lirik-falsafiy romanslarining obrazli mazmuni va musiqiy ifodalanish xususiyatlarini ochib beruvchi dissertatsiya tadqiqotining ikkinchi va uchinchi boblaridagi materiallardan foydalanildi. (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 01-05/10/1-70/1 ma’lumotnomasi). Tadbir davomida kompozitor R.Abdullayev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilib, u she’riy matn bilan ijodiy ishlash jarayoni va romanslarning individual kompozitorlik talqini xususiyatlarini birinchi shaxs tilidan ochib berdi;
romans janrining zamonaviy rivojlanishi sahna ijrosi uchun mustaqil asarlar sifatida lakonik strofik kompozisiyalarning yaratilishi bilan tavsiflanadi, bu Muhammadjon Otajonovning “Belie nochi” (“Oq tunlar”), “Bahor” va Dilorom Amanullaevaning “Jahondin kech”, “Yor kerak oshiqqa”, “Elegiya” estrada romanslarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Tahlil natijasida olingan ushbu materiallar va xulosalar 2024-yil 11-fevralda boshlovchi Guzalbegim Xaliboeva bilan efirga uzatilgan “Yoshlar (FM 104.0)” to‘lqinidagi “Dobavit` v izbrannoe” radioeshittirishi ssenariysida qo‘llanildi («Yoshlar» teleradiokanalining 2024-yil 4-martdagi №14-05-24/2 ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar estrada romans janrining O‘zbekistonning zamonaviy musiqiy madaniyatidagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘ldilar;
Milliy kuylar va milliy-vatanparvarlik mazmunidagi lirik qo‘shiqlarning sintezi orqali shakllangan o‘zbek romanslarining kompozision tuzilishi K.Kenjayev va O.Abdullayeva romanslarining intonatsiyasi, ichki dinamikasi va badiiy tasvirlarining o‘ziga xos xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Ushbu kompozitorlar romanslarining she’riy matni va musiqiy tilini tahlil qilish natijalari 2024-yil 5-iyunda O‘zbek milliy maqom san’ati markazida o‘tkazilgan ma’ruzada taqdim etildi (O‘zbek milliy maqom san’ati markazining 2024-yil 8-iyuldagi № 01-12/323 ma’lumotnomasi). Ma’ruza davomida tinglovchilar K.Kenjaev va O.Abdullayevaning asarlarida katta ashula janri an’analarining tatbiq etilishi haqidagi bilimlarini boyitdilar va K.Kenjayevning “Bitta o‘zim bilaman...”, “Rozimasman”, O. Abdullaevaning “Nur misoli”, “Hijron kunlarida” romanslari bilan tanishdilar. Ma’ruzada asosiy e’tibor klassik kompozision tuzilma va improvizatsiya sintezi, zamonaviy ifodali vositalarning katta ashula milliy an’analari bilan aloqasi, shuningdek, vokal qismining registr-tembr rivojlanish xususiyatlari masalalariga qaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish