Nuriddinov Rasuljon Samitjon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy identifikatsiya va xavotirlanish holatining o‘zaro bog‘liqligi”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1457.
Ilmiy rahbar: Isakova Muazam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Maxmudova Dilarom Axmadovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarda kasbiy identifikatsiya va xavotirlanish holatining o‘zaro aloqadorligini tadqiq etish, hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning vaziyat va shaxs bilan bog‘liq xavotirlanish holatlariga ko‘ra, reaktivlik, talabalardagi emotsional noqulaylik, xavotirlik hissi vaqtincha ekanligi o‘zgaruvchanligi uning natijasida barqaror tashvishlanish tendensiyasi namoyon bo‘lish xususiyatlari kongruentlik asosida aniqlangan;
bo‘lajak pedagoglarda bezovtalikning namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra, nisbatan barqaror holat ekanligi, uning xavotirlanishga bo‘lgan barqaror moyillik xususiyatlarini empirik asoslangan;
pedagoglar kasbga nisbatan ham emotsional, ham kognitiv-irodaviy munosabatining yaxlitligiga asosan, talaba kasbni nafaqat his qilishi va unga ongli ravishda tayyorgarlik ko‘rishi, hamda o‘z kelajagini ushbu soha bilan bog‘lay olishi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy kasbiy reja shakllanish xususiyatlarini va kasbiy maqsadlarini belgilash maqsadning aniqligi va realligi, rejaning izchilligi va asoslanganligi, kasb haqidagi tasavvurlarning to‘liqligi, shaxsning o‘z imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda kasb tanlay olish shakllanish jarayoni baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy identifikatsiya va xavotirlanish holatining o‘zaro bog‘liqligi”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarning psixologik salomatligi va kasbiy identifikatsiyasi o‘zaro bog‘liqligi, ularning tashqi (ijtimoiy-muhit, ta’lim tizimi talablari) va ichki (shaxsiy ehtiyoj, motivatsiya, hissiy holat) omillar bilan shartlanganligini ilmiy asoslashag oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy mazrkazining 2025-yil 31-maydagi 19-sonli buyrugi bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differentsial psixologiya” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 31-maydagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning psixologik salomatlik va kasbiy identifikatsiyasi bilimdonligi hamda unda tashqi va ichki omillami dalilashga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy identifikatsiyasiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy hissiy munosabatlar, kasbga ongli tayyorlik darajasi psixologik salomatlik ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan tizimli dalillashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy mazrkazining 2025-yil 31-maydagi 19-sonli buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differentsial psixologiya” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 31-maydagi 19-son ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy identifikatsiyasidagi ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq ijobiy va salbiy hissiy munosabati asoslashga erishilgan.
bo‘lajak pedagoglarning o‘quv maqsadlari va kasbiy rejalari o‘rtasidagi muvofiqlik, ularning kasbiy istiqbolni amalga oshirish yollarini idrok etish darajasidagi identiklikligini asoslashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy mazrkazining 2025-yil 31-maydagi 19-sonli buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differentsial psixologiya” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 31-maydagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy rejalari asosida o‘quv maqsadlari, kasbiy istiqbollari, ularni amalga oshirish yollari va imkoniyatlari identikligi darajasini aniqlash samaradorligi oshgan.
xavotirlanuvchanlik shkalasi yordamida bo‘lajak pedagoglarning vaziyat va shaxs bilan bog‘liq xavotirlari tahlil qilinib, ulaming stressga bardoshlilik va moslashuvchanlik darajasining kasbiy identifikatsiyasiga ta’siri empirik dalillarni isbotlashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy mazrkazining 2025-yil 31-maydagi 19-sonli buyru’i bilan “Rivojlanish psixologiyasi. Differentsial psixologiya” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 31-maydagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglardagi moslashuvchanlik darajasi, stressga bardoshliligi hamda psixologik holatidagi o‘zgarishlami dalillashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish