Eshankulova Irodaxon Avazxanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga psixologik yordam ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P1371.
Ilmiy rahbar: Nurumbekova Yarkinay Anarmatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Baykunusova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Profi universiteti
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zo‘ravonlikka uchragan ayollarga psixologik yordam ko‘rsatishning imkoniyatlarini empirik jihatdan tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning nizoli vaziyatlarga nisbatan xulq-atvor strategiyalarida nizodan qochish va moslashish strategiyalarining ustun namoyon bo‘lishi kamayib, hamkorlik va kompromiss strategiyalaridan foydalanishning ortishi orqali nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish, shaxsiy chegaralarni anglash, o‘z manfaatlarini himoya qilish va shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-psixologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari kuchayganligi dalillangan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarda shaxsiy va vaziyatli xavotirlanishning psixologik xususiyatlari aniqlanib, shaxsiy xavotirlanishning kamayishi ichki emotsional zo‘riqishning pasayishi bilan, vaziyatli xavotirlanish esa vaziyatning bevosita ta’siriga bog‘liq emotsional reaksiyalar bilan tavsiflanishi dalillangan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarda o‘z-o‘zini past qadrlashning kamayishi, o‘z-o‘zini o‘rta va yuqori darajada qadrlashning ortishi orqali o‘z qadr-qimmatini anglash, shaxsiy imkoniyatlarini baholash va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatning kuchayishi dalillangan;
zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarda nizoli vaziyatlarda konstruktiv xulq-atvor strategiyalarini shakllantirish, shaxsiy xavotirlanish va depressiv holatlar darajasini kamaytirish hamda o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan zo‘ravonlik qurbonlarini psixologik qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish modeli ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari va matematik-statistik tahlillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga psixologik yordam ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning nizoli vaziyatlarga nisbatan xulq-atvor strategiyalarida nizodan qochish va moslashish strategiyalarining ustun namoyon bo‘lishi kamayib, hamkorlik va kompromiss strategiyalaridan foydalanishning ortishi orqali nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish, shaxsiy chegaralarni anglash, o‘z manfaatlarini himoya qilish va shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-psixologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari kuchayganligi dalillangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 507-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 507-a son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini o‘rganish, nizodan qochish, moslashish, raqobat, hamkorlik va kompromiss strategiyalarining namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
1. zo‘ravonlikka uchragan ayollarda shaxsiy va vaziyatli xavotirlanishning psixologik xususiyatlari aniqlanib, shaxsiy xavotirlanishning kamayishi ichki emotsional zo‘riqishning pasayishi bilan, vaziyatli xavotirlanish esa vaziyatning bevosita ta’siriga bog‘liq emotsional reaksiyalar bilan tavsiflanishi dalillangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 507-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 507-a son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning shaxsiy va vaziyatli xavotirlanish darajalarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarda o‘z-o‘zini past qadrlashning kamayishi, o‘z-o‘zini o‘rta va yuqori darajada qadrlashning ortishi orqali o‘z qadr-qimmatini anglash, shaxsiy imkoniyatlarini baholash va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatning kuchayishi dalillangan tavsiyalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 507-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 507-a son ma’lumotnomasi). Natijadazo‘ravonlikka uchragan ayollarda o‘z-o‘zini qadrlash darajasining psixologik xususiyatlari ochib berilgan;
zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarda nizoli vaziyatlarda konstruktiv xulq-atvor strategiyalarini shakllantirish, shaxsiy xavotirlanish va depressiv holatlar darajasini kamaytirish hamda o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan zo‘ravonlik qurbonlarini psixologik qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish modeli ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari va matematik-statistik tahlillar asosida isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 507-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 507-a son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish modelini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish