Polvonov Farrux Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Landshaft interferensiyasi sharoitida Orol dengizi qurigan tubi o‘simliklar qoplamining tuzilishi va dinamikasi”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/B1797.
Ilmiy rahbar: Adilov Behzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.05/2025.27.12.V.23.01.M.
Rasmiy opponentlar: Ebel Aleksandr Leonovich, biologiya fanlari doktori, professor (Tomsk davlat universiteti); Tajetdinova Dilorom Mnajatdinovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi qurigan tubida o‘simlik qoplamining shakllanishi va makon uyushmalarini tashkil topishida landshaft interferensiyasining ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oltita diagnostik o‘simlik blokini o‘z ichiga olgan, abiotik sharoitlarning turli kombinatsiyalari va landshaft interferensiyasi darajalarini aks ettiruvchi Orol dengizi qurigan tubi o‘simlik qoplamining zamonaviy tuzilish-floristik tasnifi ishlab chiqilgan;
fitosenozlarning makon uyushmalarini belgilaydigan yetakchi ekologik gradientlar aniqlangan hamda o‘simlik qoplamining zamonaviy tuzilishini belgilaydigan uch qutbli suksessiya yo‘nalishlar tizimi ochib berilgan;
Orol dengizi qurigan tubida o‘simliklarning kolonizatsiya jarayonlari va turli ekotizim tiplarining shakllanishida edafik omil gradientlarining ahamiyati va dinamikasi aniqlangan;
ekoton domenlarini shakllantirib, yuqori floristik xilma-xillik va suksessiya yo‘nalishlari divergentligini ta’minlaydigan landshaft interferensiyasining eng intensiv zonalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Landshaft interferensiyasi sharoitida Orol dengizi qurigan tubi o‘simlik qoplamining tuzilishi va dinamikasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
landshaft metrikalari tizimini qo‘llash va o‘simlik bloklarini integratsiyalash asosida “Orol dengizi qurigan tubi yaylovlari xaritasi” ishlanmasi uchun patent olingan (Intellektual mulk agentligi, SAP 02340-sonli patent, 2022-yil 9-mart). Natijada, 7 sinf, 12 guruh, 18 tip va 81 ta yaylov xilini o‘z ichiga olgan Orol dengizi qurigan tubi yaylovlarining tasnifini ishlab chiqish va 3 183 564 gektar maydonni qamrab olgan raqamli kartografik inventarizatsiyasini amalga oshirish imkonini bergan;
gipsofit, galofit, psammofit va to‘qay tabiiy-hududiy majmualarida tarqalgan 36 oila, 131 turkum va 253 turni o‘z ichiga olgan Orol dengizi qurigan tubi floristik tarkibining raqamli ma’lumotlar bazasi Global Index of Vegetation-Plot Databases (GIVD, № AS-UZ-003) xalqaro portaliga integratsiya qilingan. Natijada, suksessiya jarayonlarini rekonstruksiya qilish hamda degradatsiyaga uchragan ekotizimlar bo‘yicha raqamli global kontentni shakllantirish imkonini bergan.