Babaeva Gulnoza Oybek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ba’zi 3d-metallarning 2-(fenilmetil)1-H-benzimidazol asosidagi koordinatsion birikmalari sintezi va xossalari”, 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1108.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimov Sherzod Abduzoirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi 3d-metallarning 2-(fenilmetil)-1H-benzimidazol asosidagi koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining 2-fenilmetil-1H-benzimidazol (FAB) ishtirokida 17 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
DFT usuli asosida [Co(FAB)2Cl2], [Ni(FAB)2Cl2], [Zn(FAB)2Cl2] va [Cu(FAB)2Cl2] komplekslarining geometrik parametrlari, metall–ligand bog‘lanish uzunliklari (1,99–2,17 Å), valent burchaklari (90–115°) hamda HOMO–LUMO energetik oraliqlari aniqlanib, ularning koordinatsion tuzilishi asoslangan hamda hisoblangan parametrlarning RTT natijalariga mosligi tasdiqlangan;
spektroskopik va RTT usullari orqali olingan koordinatsion birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari aniqlanib, ularni atsidoligand tabiatiga bog‘liq holda tetraedr ([Co(FAB)2Cl2]), cho‘zilgan tekis-kvadrat ([Su(FAB)2Cl2], [Cu(FAB)2Br2]), oktaedr([Co(FAB)2(Ch3COO)2],[Cu(FAB)2(Ch3COO)2], [Co(FAB)(Acac)2H2O]FAB) tuzilishidagi koordinatsion birikmalar ekanligi aniqlangan;
Hirshfeld sirt tahlili natijasida ligand tabiatining molekulalararo kontaktlar taqsimotiga sezilarli ta'siri, xususan,Cl-→Br- almashinuvida C···H kontaktlari 24,6 % dan 13,4 % gacha kamayishi, Ch3COO-ligandining koordinatsiyalanishida O···H (8,6 %) va O···C (6,7 %) kontaktlari yuzaga kelishi, koordinatsion H2O molekulasi ishtirokida esa H···H kontaktlari 67,4 % gacha ortishi va vodorod bog‘lanishlari tarmog‘I kengayishi aniqlangan;
sintez qilingan yangi komplekslarning termik xossalarining metall va ligand tabiatiga bogʻliqligi aniqlanib, kompleks birikmalarda termik barqarorlik metallar Co(II)<Ni(II)<Cu(II)<Zn(II) qatorida ortib borishi aniqlangan, aktivlangan holatda ularning tartiblangan tuzilishga ega ekanligi hamda jarayonning tashqi issiqlik ta’sirida kechishi ΔS, ΔH va ΔG qiymatlari asosida isbotlangan;
olingan kompleks birikmalarning biologik faolliklari in silico baholangan va antioksidantlik, toksiklik hamda kumulyativ xossalari in vitro usulda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining 2-fenilmetil-1H-benzimidazol bilan koordinatsion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Co(FAB)2Cl2], [Cu(FAB)2Cl2], [Cu(FAB)2Br2], [Co(FAB)2(Ch3COO)2], [Cu(FAB)2(Ch3COO)2], [Co(FAB)(acac)2]FAB tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk /cons/retrievihg.html CCDC depozit raqami 2550974, 2562366, 2562367, 2550973, 2512906). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
2-fenilmetil-1H-benzimidazol asosidagi [Co(FAB)2Cl2], [Co(FAB)2(Ac)2], [Cu(FAB)2(Ac)2]) tarkibli metall komplekslar “Samarkand England Eco-Medical” MChJ QK amaliyotiga biologik faol moddalarni antioksidantlik xossalari bo‘yicha skrining qilish, qiyosiy tahlil o‘tkazish hamda istiqbolli birikmalarni tanlab olish jarayonlariga joriy qilingan (“Samarkand England Eco-Medical” MChJ QK ning 2026-yil 25-maydagi 01/2/3-95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Co(FAB)2Cl2] ning nisbatan yuqori, [Co(FAB)2(As)2] va [Cu(FAB)2(As)2] komplekslari o‘rta darajadagi antioksidant xossalarga ega ekanligi aniqlangan.