Rahimova Gulbahor Lutfullajon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ozuqaviy va biologik qiymati oshirilgan konservalangan halim texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.2.PhD/T3611.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Shuxratjon Nuriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Suvonqul Safarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: retsepturasiga yangi qo‘shimchalar kiritish bilan ozuqaviy va biologik qiymati oshirilgan an’anaviy «Halim» taomini konservash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konservalangan «Yangi Halim» mahsulotining organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
an’anaviy «Halim» retseptidagi undirilgan bug‘doyning 40 % -ini undirilgan suli bilan almashtirish, tayyorlangan mahsulotning organoleptik xususiyatlari o‘zgarishiga ta’sir etmasligi isbotlangan;
undirilgan bug‘doy va suli unini qo‘shilishi, halim mahsuloti tarkibidagi almashinmas aminokislota miqdorini oshirishi bilan biologik qiymatining oshishi asoslangan;
retsepturasiga suli unini kiritish bilan ozuqaviy va biologik qiymati oshirilgan an’anaviy «Halim» taomini konservash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ozuqaviy va biologik qiymati oshirilgan konservalangan «Yangi Halim» tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ozuqaviy va biologik qiymati oshirilgan konservalangan halim tayyorlash texnologiyasi «Namangan sharbati» MChJ, «Muhammadali Hamkor Biznes» OAJ va «Jam Zam sanoat» korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2026 yil 17 yanvardagi 17-09/01-25 son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqaviy va biologik qiymati yuqori bo‘lgan, undirilgan suli qo‘shib tayyorlangan halim konservasi ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Yangi Halim» tayyorlash texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2025-2028 yillarda sanoatga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2026 yil 17 yanvardagi 17-09/01-25 son ma’lumotnomasi). Natijada, «Yangi Halim» mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasidagi issiqlik va massa almashinish jarayonlarning jadallashishi, halimning tayyorlash davomiyligi 10-12 %-ga qisqarishi imkonini bergan.