Nematov Jo‘rabek Nematilloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tartib-taomillarning huquqiy asoslarini takomillashtirish (qiyosiy-huquqiy tahlil)», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Yu53.
Ilmiy maslahatchi: Husanov Ozod Tillabaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Haydarovich yuridik fanlar doktori, dotsent; Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Berdiyarov Shuxrat Namazboevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan takliflar, jumladan, rivojlangan xorijiy davlatlar (AQSh, Yaponiya va Germaniya), shuningdek ayrim MDH davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya) tajribasi asosida O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari, tinglash jarayoni va ma’muriy hujjatni qabul qilishga oid protsessual qoidalarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy ish yuritish jarayonida qonunni buzgan jismoniy va yuridik shaxslarga ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipi asosida mazkur choradan ko‘zlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos, etarli tarzda va manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmay amalga oshirilishi kerakligi, ma’muriy organ tomonidan manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkonini yaratish shartligida ifodalanuvchi tinglash imkoniyatining mavjudligi prinsipini, shuningdek vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxslarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchi qonun bilan qo‘riqlanishida ifodalanuvchi ishonchning himoya qilinishi prinsipini joriy etish lozimligi asoslantirilgan;   
manfaatdor shaxsning aybi bo‘lmagani holda qonunga zid tarzda qabul qilingan ma’muriy hujjatni bekor qilishda (ma’muriy hujjatni bekor qilish oqibatida manfaatdor shaxsning ma’muriy hujjatga bo‘lgan qonuniy ishonchi asosida unga ma’lum bir zarar kelib chiqqan hollarda) ma’muriy organ mutanosiblik va ishonchning himoya qilinishi prinsiplari asosida zararni qoplab berishi yoki ma’muriy hujjatni bekor qilish natijasida manfaatdor shaxs ko‘radigan zarar jamiyat manfaatlariga etkaziladigan zarardan oshib ketgan taqdirda (jamiyat manfaatlariga tahdid solayotgan hollardan tashqari), uning ishonchini himoya qilishi mumkinligi, shuningdek qonunga muvofiq qabul qilingan ma’muriy hujjat ma’muriy organ yoki manfaatdor shaxsning aybi bo‘lmagani holda, qonun yoki vaziyat o‘zgarishi kabi sabablarga ko‘ra uning noqonuniyligi yoki jamiyat manfaatlariga zarar (tahdid) yuzaga keltirgan taqdirda ma’muriy organ mutanosiblik va ishonchning himoya qilinishi prinsiplari asosida zararni qoplab berish sharti bilan ma’muriy hujjatni bekor qilishi yoki manfaatdor shaxs ko‘radigan zarar jamiyat manfaatlariga etkaziladigan zarardan oshib keta¬digan bo‘lsa, (jamiyat manfaatlariga tahdid solayotgan hollardan tashqari) uning ishonchini himoya qilishi mumkinligi asoslantirib berilgan;
ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilish tartibini takomillashtirish orqali ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish zarurligi asoslantirilgan;
tekshirish prinsipi talabidan kelib chiqqan holda ma’muriy sud ishla¬rini yuritishda ma’muriy organlarning nizolashilayotgan ma’muriy hujjat¬larning qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi hamda ma’muriy organ ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillargagina asoslanishga haqli bo‘lishi asoslantirib berilgan;
«ma’muriy hujjat» tushunchasidan kelib chiqib, tartibga solish (regulyativ) xususiyatiga ega bo‘lmagan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risi¬dagi kodeksiga muvofiq qabul qiladigan qarorlari yoki harakatlari (harakat¬sizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar sifatida ma’muriy sudga taalluqli emasligi asoslantirilgan;
nizolarni ma’muriy sudda ko‘rish jarayonida ishda ma’muriy hujjat¬ning mavjudligini aniqlash asnosida ma’muriy organning xatti-harakati emas, balki ma’muriy hujjat yuzasidan nizolashish, ma’muriy organ tomonidan ma’muriy hujjat mazmuni va asoslantirilishiga oid qoidalarga rioya etilganligini tekshirish zarurligi asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tartib-taomillarning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mutanosiblik, tinglash imkoniyatini berish hamda ishonchni himoya qilish kabi asosiy qoidalarni ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari sifa¬tida joriy etish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonu¬nining 7, 9, 16-moddalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 28 fevral¬dagi ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ma’muriy tartib-taomillarda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmaslik, ma’muriy hujjatni qabul qilishda manfaatdor shaxslarning o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatining yaratilishi, manfaatdor shaxslarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchi qonun bilan qo‘riqlanishiga xizmat qilgan;
ma’muriy hujjatni bekor qilishda mutanosiblik va ishonchni himoya qilish prinsiplarining inobatga olinishini nazarda tutuvchi qoidalar to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunining 59-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi¬ning 2019 yil 6 fevraldagi 3/13-429-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ma’muriy hujjatni bekor qilishda manfaatdor shaxslarning qonuniy manfaatlari inobatga olinishiga xizmat qilgan;
davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq tartibga solishga qaratilgan ma’muriy adliya tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasida Ma’mu¬riy islohotlar konsepsiyasining I bob 6-bandini shakllantirishda foydala¬nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 6 fevraldagi 3/13-430-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ma’muriy nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ma’muriy sud ishlarini yuritishda ma’muriy hujjatning qonuniyli¬gi¬ni isbotlash majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi hamda ma’muriy organ faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli deb e’tirof etish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 67-moddasini shakllantirishda foydalanil¬gan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishga oid dalillarning o‘z vaqtida taqdim etilishiga va ma’muriy organlarning isbotlash majburiyati doirasini belgilab olishga xizmat qilgan;
davlat organlari va ulardagi mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Res¬publikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq qabul qiladigan qarorlari yoki amalga oshiradigan harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar sifatida ma’muriy sudga taalluqli emas deb hisoblash to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenu¬mining «Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi qarori 4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlardan farqlashga xizmat qilgan;
nizolarni ma’muriy sudda ko‘rish jarayonida ishda ma’muriy hujjatning mavjudligini aniqlash, ma’muriy hujjatni yozma shaklda qabul qilish mumkinligi, ma’muriy organ tomonidan ma’muriy hujjat mazmuni va asoslantirilishiga rioya etilganligini tekshirish to‘g‘risidagi takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ishlab chiqilgan «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risi¬da»gi qonunni amaliyotda qo‘llashga oid tushuntirish (ko‘rsatma)da foydalanil¬gan (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining 2018 yil 24 dekabrdagi TM 06-363-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ma’muriy sudlar tomonidan ishlarning sudga taalluqliligini belgilash hamda ma’muriy hujjatga oid qoidalarni to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish