Xolmaxmatov Azim Xazratkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning mexanizmlari va texnologiyalari», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ss77.
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Atakulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Tangriev Laziz Xushboqovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari va texnologiyalarining samaradorligini oshirishga oid nazariy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiylashuvi holatini aniqlash uchun global hamda regional miqiyosdagi standartlashtirishga doir monitoring qilish mezonlar tizimi (jamoatchilik fikri, uyatchanlik, fikrini ochiq aytmaslik kabi) mental xususiyatlar inobatga olinib takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanish va rivojlanish jarayoni ijtimoiy, siyosiy, huquqiy jihatdan ikki bosqichga (birinchi bosqich: 1991-2016 yillar bo‘lib unda me’yoriy-huquqiy, tashkiliy asoslar yaratilgan, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan; ikkinchi bosqich: 2016 yildan h.v. bo‘lib unda me’yoriy-huquqiy, tashkiliy asoslar takomillashtirilib ustuvor yo‘nalishlar va sub’ektlarning vazifalari aniq belgilangan, ya’ni mazmun-mohiyati bilan yangi davr deb) ajratilganligi asoslangan;
mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi (davlat+Yoshlar ittifoqi, davlat+NNT kabilar asosida) ijtimoiy sherikchilikka asoslanganligi  ochib berilgan;
siyosiy partiyalar nizomlarida belgilangan yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish jarayonlarida siyosiy individualizm tamoyiliga (shaxsiy tashabbuskorlik, shaxsiy namuna kabi) rioya qilishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning mexanizmlari va texnologiyalarini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanish va rivojlanish jarayoni ijtimoiy, siyosiy, huquqiy jihatdan ikki bosqichga  ajratilgan va ilmiy asoslanganligi xususidagi taklif va tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining “Yoshlar siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokini monitoring qilish” sho‘’basining 2018 yilga mo‘ljallangan ish rejasi 1.1-bandi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma chora-tadbirlar rejasining 1.4-bandidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarning hududiy tahlili” hamda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan joylarda olib borilgan ishlar monitoringi” mavzusidagi haftalik tadqiqotlarni o‘tkazishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 24 sentyabrdagi 14/413-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini Institut tomonidan tizimli monitoring qilish hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning dinamikasi va tendensiyasini chiqarib borish bilan bog‘liq tadqiqotlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini tashkil etishning ijtimoiy sherikchilikka asoslangan mexanizmlari yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2018 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yoshlar ittifoqining hududiy Kengash raislari, hududiy hokimliklarning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaish organlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ichki ishlar bo‘limlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini o‘rganishga oid” 1.3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2018 yil 22 oktyabrdagi 01/312-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikda belgilangan xulosa va takliflar Institutning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligining oshishiga hissa qo‘shgan;
siyosiy partiyalar nizomlarida belgilangan yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish bo‘yicha mexanizmlari siyosiy individualizm tamoyili asosida amalga oshirilishi lozimligi borasidagi ilmiy yangiligidan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Yosh adolatchilar” qanotining nizomidagi ayrim bandlarni takomillashtirishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi bo‘yicha 2019 yilning ikkinchi choragi uchun belgilangan Yo‘l xaritasining 1.2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2019 yil 16 maydagi 01-04/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar partiyaning “Yosh adolatchilar” qanoti nizomidagi umumiy vazifalarni siyosiy individualizm tamoyili asosida amalga oshirish texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiylashuvi holatini aniqlash uchun global hamda regional miqiyosdagi standartlashtirishga doir monitoring qilish mezonlar tizimini takomillashtirish borasidagi ilmiy yangiligidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 1-bo‘lim 4-bandi va Ittifoqning axborot-tahlil bo‘limi ish rejasining yoshlarga oid davlat siyosati holatini baholab borish bandini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yil 26 martdagi 04-13/1399-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar Ittifoqning ushbu yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish