Madraximov Dilshodbek Usupjonovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani qayta ishlash mashinalarining arrali disklarini tayyorlashda  ishlatiladigan texnik vositalarni qayta tiklash va takomillashtirishning texnologik asoslari», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T77.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Rufat Gulyamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Rosulov Rozimurod Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani qayta ishlash mashinalarining arrali disklarini tayyorlashda ishlatiladigan texnik vositalarni qayta tiklash va takomillashtirishning texnologik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali disklarga tish ochishda deformatsiyalanish kuchini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
arra tishining doimiy oldingi burchagi diametriga bog‘liq bo‘lmagan qayta tiklashda shakllanish shartlari olingan;
yuqori temperaturada toblangan, yuqori ligerlangan yangi po‘latlardan yasalgan barqaror bog‘liqliklar olingan;
arrali disklarini tayyorlash uchun listni shtampovkalash operatsiyasida tishlarda qilov shakllanishining fizik modeli ishlab chiqilgan;
tishlarni ochishda tajriba-sinovlar orqali termojuftlik usulida kontakt temperaturasining harorati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani dastlabki ishlash mashinalarining arrali disklarini tayyorlash uchun texnik vositalarini takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
arrali disklarga tish ochish qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patentlari olingan (“Arraga rotatsion tish ochish uchun qurilma”, №FAP00911-2014 y.; №FAP01027-2017 y.; №FAP01286-2018 y.). Natijada arrali disklarga tish ochishda yuqori darajadagi aniqlikka erishilgan;
arrali disk uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Linter uchun arra”, №FAP00965-2014 y.). Natijada arra tishining konstruksiyasi o‘zgartirilishi hisobiga linterlash jarayoni intensivlashgan;
Farg‘ona viloyatining “Bog‘dod tajriba-eksperimental paxta tozalash” AJ, Sirdaryo viloyatining “Boyovut paxta tozalash” AJ va Andijon viloyatining “Bo‘z paxta tozalash” AJ korxonalarida bo‘lish mexanizmi ratsional konstruksiyaga va yuqori aniqlikka ega bo‘lgan arraga tish ochish dastgohi, puanson va matrisa uchun yangi asbobsozlik po‘lati joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 1 apreldagi 02-18/2030-son ma’lumotnomasi). Natijada arrali disklarni tayyorlash samaradorligi va kichik diametrli arrali disklarga qayta tish ochishda, tishlar profilining yuqori darajadagi aniqligi ta’minlangan, arraga tish ochish rotatsion dastgohining ishlash muddati 2-3 baravarga oshishiga erishilgan, an’anaviy qimmatbaho tezkesar po‘latlar yuqori haroratda toblangan murakkab ligerlangan XVSG markali po‘latga almashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish