To‘xtashev Farruxjon Esonali o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi suyuq azotli o‘g‘itlarni tuproq unumdorligi, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Farg‘ona viloyati o‘tloqi-saz tuproqlar misolida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx.1462
Ilmiy rahbar: Davronov Qahramonjon Anvarjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Ikromjon Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Mirzaev Lutfillo Aribjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida etishtirilayotgan S-8290 g‘o‘za navini o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash hamda undan yuqori va sifatli paxta hosili olishda suyuq azotli Uni-Agro o‘g‘itini qo‘llash usullari hamda maqbul muddat va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za parvarishida Uni agro suyuq azotli o‘g‘itini qo‘llashning turli usullarda qo‘llash tartibi va me’yorlari ishlab chiqilgan.
G‘o‘zaning ildizi ostidan va o‘suv davrilarida bargidan turli me’yorlarda qo‘llashning typpoqdagi oziqa elementlapini (NPK) o‘zlashtipilishi, hosil elementlarini ortishi, g‘o‘za hosildorligi va paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etganligi tasdiqlangan;
Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida g‘o‘zani ildizidan oziqlantirishda Uni-Agro (75%) +N (25%) + PK qo‘llanilgan 4- varianti eng samarali ekanligi aniqlangan. Mazkur variantda uch yillik o‘rtacha hosildorlik 37,3 s/ga ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 5,8 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilagn g‘o‘zani ildizdan oziqlantirishda Uni-Agro va mineral azotning turli nisbatlarda qo‘llanilishi natijasida tuproqning hajm og‘irligi va umumiy g‘ovakligidagi o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan.
Uni-Agro (75%) + N (25%) + PK qo‘llanilgan 4-variantida mavsum oxirida 0–30 sm qatlamda hajm og‘irligi 1,380 g/sm³, 30–50 sm qatlamda 1,401 g/sm³ ni tashkil etgan; umumiy g‘ovaklik esa mos ravishda 48,889 va 48,111 % bo‘lgan.
Uni-Agro suyuq azotli o‘g‘itning turli me’yorlari qo‘llanilgan fonda o‘simlikning 2-3 chin bargli davrida 15,0 l/ga, shonalash va gullash davrining boshlanishida 20 l/ga me’yorda suyuq azotli o‘g‘it asosida tayyorlangan suspenziya bilan bargidan oziqlantirilishi hisobiga tolaning mikroneyr ko‘rsatkichi 4,4 bo‘lib, kalta tolalar indeksi 9,6% gacha kamaydi, paxta hosili esa 5,4 s/gacha ortishi aniqlandi;
g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, barg yuzasini shakllanishi, fotosintez mahsuldorligi, paxta hosili, tola sifatiga “Uni-Agro” suyuq azotli o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziyaning ijobiy ta’siri aniqlangan.
Uni-Agro suyuq azotli o‘g‘iti bilan g‘o‘zaning illdizi va bargidan oziqlantirish natijalari asosida g‘o‘zani oziqlantirish tizimida mineral azotning bir qismini almashtirgan holda foydalanish hamda barg orqali maqbul me’yorva muddatlarda qo‘llashning samaradorligi ilmiy asoslanib, g‘o‘za hosildorligini oshirishga qaratilgan oziqlantirish tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz, tuproqlar sharoitida paxta hosili etishtirishda yangi suyuq azotli o‘g‘itlarning g‘o‘zani ildizi ostidan va o‘suv davrlarida barg orqali qo‘llash usuli va me’yor, muddatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suyuq azotli o‘g‘iti Uni agro ni g‘o‘zani ildizi ostidan va bargidan qo‘shimcha oziqlantirish orqali o‘simlikni o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash, hosil elementlarini ko‘paytirish hamda paxta hosili va sifatini ortishiga ta’sir bo‘yicha “Yangi suyuq azotli o‘g‘itlarning g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 10.05.2025 yildagi №05/04-04-218 raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
O‘simlikni ildizi ostidan va o‘suv davrida bargidan oziqlantirishda “Uni-Agro” suyuq azotli o‘g‘itini qo‘llash me’yori va muddatlari aniqlandi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston, Beshariq va Quva tumanida jami 39,0 gektar maydonda joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 10.05.2025 yildagi №05/04-04-218 raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur usulni qo‘llash natijasida S-8290 g‘o‘za navida 2-3 chin bargda davrida 5-10 l/ga, shonalash gullash davrida 10-15 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda g‘o‘za hosil elementlarini ko‘payishi 44,5-58,2 % ni tashkil etib, paxta hosili esa 3,7-4,2 s/ga oshganligi ma’lum bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida “Ali Akbar Aziz Fayz” fermer xo‘jaligida 16 gektar, Beshariq tumanida “Anvar rais” fermer xo‘jaligida 15 gektar, Quva tumanidagi Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasida 8 gektar, jami 39 gektar paxta maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 10.05.2025 yildagi №05/04-04-218 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fermer xo‘jaliklari maydonlaridan 4,2 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosili olingan, rentabellik darajasi esa 34,2% dan boshlab nazoratga nisbatan yuqori natijalar olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish