Nurmuxamedova Dilafruz Shamilovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anjirning (Ficus carica L.) morfologik belgi va biologik xususiyatlari hamda ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Qx1623
Ilmiy rahbar: Sattorov Obidjon Odinamaxmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shoumarov Xikmat Baxramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitida anjirning morfologik belgi va biologik xususiyatlari hamda maxsus inshootda ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitida mahalliy O’zbekiston sariq hamda introduksiya qilingan Kadota va Krimskiy-29 anjir (Ficus carica L.) navlarining morfologik belgilari, biologik xususiyatlari va xo‘jalik uchun qimmatli ko‘rsatkichlari kompleks baholanib, ularning mahalliy sharoitga moslashuvchanligi aniqlangan;
anjir qalamchalarini ildizlatishda indolilmoy kislotasi (IMK)ning 100 mg/l konsentratsiyasi eng samarali variant ekanligi aniqlanib, ildiz otish muddati nazorat variantiga nisbatan 10 kunga qisqarishi hamda ildiz otish darajasi 94–98% gacha oshishi ilmiy asoslangan;
anjir qalamchalarini turli substratlarda fizik-kimyoviy xususiyatlari baholanib, qum + vermikulit + tuproq + mahalliy o’g‘it (1:1:1:1) aralashmasida aeratsiya darajasi 31,8 % ni tashkil etishi, ildiz hosil bo‘lish muddati 12–15 kungacha qisqarishi va sog‘lom ildiz tizimi shakllanishi aniqlangan;
sun’iy tuman hosil qiluvchi inshoot sharoitida muhit haroratining 24–26°S, havoning nisbiy namligi va substrat namligining maqbul darajalari anjir qalamchalarining yuqori darajada ildiz otishi va yashovchanligini ta’minlashi hamda erta bahorgi ekish muddatida ko‘karish darajasi 91–97% ga etishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anjirning ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Anjir ko‘chatini etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tadiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2026-yil 6-maydagi 05/04-04-460-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma mevali o‘simliklar ko‘chatlarini etishtirishuvchi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari mutaxassislari, ilmiy xodimlar va havaskor bog‘bonlar uchun ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Jabborov A” fermer xo‘jaliklari ko‘chatxonasida jami 0,17 ga maydonda anjirning O‘zbekiston sariq anjiri, Kadota va Krimskiy-29 navlarining qalamchalaridan ko‘paytirish texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2026-yil 6-maydagi 05/04-04-460-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chat etishtirishning samaradorligi mos ravishda, 432%, 422% va 331% ga tashkil qilgan;
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Boyqozoq agro zamin” fermer xo‘jaligining ko‘chatxonasida jami 0,32 ga maydonda, “Navbahor Jamshid usta” ko‘chatxonasida jami 0,12 ga anjirning O‘zbekiston sariq anjiri, Kadota va Krimskiy-29 navlarining qalamchalaridan ko‘paytirish texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2026-yil 6-maydagi 05/04-04-460-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chat etishtirishning rentabellik darajasi mos ravishda 162-708% gacha etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish