Kurbonova Zarina Odiljonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qardosh bo‘lmagan tillar paremiologik fondi ijobiy bahosining lisoniy konseptuallashuvi (ingliz va o‘zbek tillari paremiyalari misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil4169.
Ilmiy rahbar: Egamnazarov Qobil Abdunazarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil/37.02 raqamli ilmiy kengash .
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori, professor; Jalgasov Nurjan Maratovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari paremiologik birliklar fondining ijobiy bahosini konseptologik va aksiologik aspektlarda tavsiflash va chog‘ishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi ijobiy baholovchi paremiologik birliklarda oila, do‘stlik, aql va mehnat kabi umuminsoniy qadriyatlarning qiyosiy-lingvomadaniy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinib, ularning umumiy hamda milliy-madaniy jihatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida ijobiy baholovchi paremiologik birliklar majmuasi tizimlashtirilib, ularning struktur-semantik xususiyatlari (leksik, grammatik, kvantitativ va uyg‘unlashgan) kompleks yondashuv asosida ochib berilgan;
qiyoslanayotgan tillarning paremiologik tizimida aksiologik yo‘nalishdagi antroposentrik birliklarning konseptual-semantik xususiyatlari tizimli ravishda aniqlanib, ularning baholash mexanizmlari ilmiy jihatdan dalillangan;
tilning leksik-frazeologik tizimida konseptlarning ifodalanish mexanizmlari aniqlashtirilib, ingliz va o‘zbek tillarida ijobiy baholovchi paremiologik birliklarning turli sathlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari ilmiy asosda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari paremiologik fondi ijobiy bahosining lisoniy konseptuallashuvini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy xulosalar va amaliy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari paremiologik fondidan ijobiy bahoga ega bo‘lgan paremiologik birliklar korpusini aniqlash va o‘ziga xos struktur-semantik jihatlarini ochib berishga doir mulohazalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 22-sentabrdagi 04/4834-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qardosh bo‘lmagan tillar tizimida ijobiy baholi paremiologik birliklarning struktur-semantik (leksik, grammatik, kvantitativ, uyg‘unlashgan, kvantitativ-leksik) tavsifi ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning paremiologik tizimida aksiologik yo‘nalishdagi antroposentrik birliklarning konseptual-semantik xususiyatlari tizimli tahlil asosida aniqlanganligi, ularning o‘ziga xos qirralari ilmiy jihatdan dalillanganligiga oid xulosala va echimlardan “ICM-2022-KA171-000077648” raqamli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 15-iyuldagi 04-04-1/3460-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavr bosqichi talabalari uchun xorijiy tillarni o‘qitishda kredit tizimini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma va dasturlar tadqiqot natijalari hisobiga shakllantirilgan, shuningdek, ushbu natijalar paremiologik birliklarni konstruktiv-semantik hamda kommunikativ-kognitiv kontekstda o‘rganish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga ham xizmat qilgan;
leksik-frazeologik til qatlamida konseptlarning verballashuv mexanizmlari aniqlangani hamda qardosh bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillarida ijobiy bahoga ega paremiologik birliklarning ifodalanish darajalari ilmiy jihatdan isbotlangani haqidagi ilmiy xulosalardan AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 24-oktabrdagi 3298/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida madaniy-markerlangan belgilar hisoblangan paremiologik birliklarning ijobiy baholovchi ma’no kombinatsiyalari tadqiq qilinib, ularning baho potensiali tahlil qilingan, shuningdek, tilning leksik-frazeologik tizimida konseptlarning verballashuv mexanizmlari belgilangan va chog‘ishtiriluvchi tillarda tahlil qilingan paremiologik birliklarning ijobiy bahosining namoyon bo‘lish darajalari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ijobiy baholi paremiologik birliklar ilk bor qiyosiy-chog‘ishtirma asosda majmuaviy o‘rganilib, ularning umumiy va milliy xususiyatlarga ega bo‘lishihaqidagi xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2025-yilning 30-iyunda efirga uzatilgan “Kun mavzusi” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 30-iyundagi 01-07/230-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan chiqishlarda milliy va jahon adabiyotiga oid maqollarning ijobiy konseptuallashuvi aniq misollar orqali izohlangan, ularning madaniyatlararo talqini yoritilib, tinglovchi va tomoshabinda tafakkuriy yondashuvni shakllantirishga xizmat qilgan. Dissertatsiyada ilgari surilgan muhim ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalardan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.