Xotamov Abdugafurning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Radiomonitoring tizimida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash uchun antenna majmuasini ishlab chiqish», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T409.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Abduqayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor; Kamalov Yunus Karimovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: real vaqtda, radiochastota spektrida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni radionurlanishlarida noqonuniy yoki ruxsat etilgan radionurlanishlar sinfiga ajratish majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchov antennalar asosida industrial radioxalaqitlar xarakteristikalarini tahlil qilish usuli o‘rnatilgan Davlat standartlari asosida takomillashtirilgan;
antennalar xususiyatlarini tahlil qilish asosida radiomonitoring tizimi qurilmasining element bazasi yaratilgan;
noqonuniy va ruxsat etilgan chastota diapazonlarida tarqalayotgan radiosignallarni UMS-100 va PR-100 o‘lchov qurilmasi asosida signal sathi o‘rtacha 2 dan 26 dB mkV/m gacha oraliqda aniqlash va topish takomillashtirilgan;
bir vaqtda 2 ta o‘lchov antenna asosida radiochastota spektrlarini gorizontal va vertikal qutblanishda 80 dan 12000 MHz oraliqda monitoringlash majmuasi yaratilgan;
avtomatlashtirilgan o‘lchov tizimi asosida radiosignallarni aniqlash va topish vaqtini 2 marta kamaytirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Radiochastota spektrini radiomonitoring holati va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish orqali radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash va tanib olish usullari asosida:
kompleks foydalanish bir vaqtda 2 ta o‘lchov antenna asosida radiochastota spektrlarini gorizontal va vertikal qutblanish usulida monitoringlash tizimi «Samarqand RTUM» davlat unitar korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 18 dekabrdagi 33-8/9466-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida radiomonitoring tizimida 1-antenna qurilma 80-1300 MHz, 2-antenna qurilmasi 1000-12000 MHz bo‘lgan, ya’ni 80 dan 12000 MHz oraliqda radiochastota o‘lchov spektrini nazorat qilish imkoni yaratilgan;
UMS100 va PR100 o‘lchov qurilmasi asosida signal sathini aniqlash va tanib olishda radiomonitoringlash qurilmasi «Elektromagnit moslashuv markazi» davlat unitar korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 18 dekabrdagi 33-8/9466-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida o‘lchov qurilmasi signal sathini o‘rtacha 2 dan 26 dB mkV/m gacha oraliqda aniqlash va tanib olish imkonini yaratgan;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy va ruxsat etilgan chastota diapazonlarida tarqalayotgan radiosignallarni aniqlash va tanib olishda radiomonitoring tezligini oshirish usuli «Elektromagnit moslashuv markazi» davlat unitar korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 18 dekabrdagi 33-8/9466-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida chastota diapazonlarida tarqalayotgan radiosignallarni aniqlash va tanib olishda radiomonitoring tezligini 2 marta oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish