Madaminov Haydar Xudayarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mobil` aloqa bazaviy stansiyalaridan tarqaluvchi maydon sathlarining bino ichidagi taqsimlanishini prognozlashtirish», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tolaoptik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T407.
Ilmiy rahbar: Nazarov Abdulaziz Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Inogamov Akmal Muratovich, texnika fanlari doktori; Negrienko Aleksandr Yakovlevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mobil` aloqa bazaviy stansiyalari tarqatayotgan elektromagnit maydon sathlarining binolar ichida taqsimlanishini aniqlash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
binolar ichida maydon sathi kuchsizlanishini aniqlash uchun maydon kuchlanganligining difraksion komponentlarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
tomida bazaviy stansiya joylashgan binoning so‘nggi qavatidagi xonalari ichida maydon sathi kuchsizlanishini hisoblashning takomillashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;
temir-betonli devorlarda maydon sathi kuchsizlanishini hisobga olish uslubi ishlab chiqilgan;
“koridor devorining ta’sir etuvchi solishtirma o‘tkazuvchanlik” tushunchasi kiritilgan va uning asosida koridorlarda maydon sathlarining kuchsizlanishini hisoblash usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mobil` aloqa bazaviy stansiyalaridan tarqaluvchi maydon sathlarining bino ichidagi taqsimlanishini prognozlashtirish asosida:
temir-beton devorlari armaturasida maydon sathi kuchsizlanishining eksperimental tadqiqot natijalari va turli materiallardan iborat bino devorlarida maydon sathi kuchsizlanishining eksperimental bog‘liqliklarini hisoblash uslubi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 13 maydagi 33-8/3296-son ma’lumotnomasi). Natijada maydon sathi kuchsizlanishi 6-12 dB ga aniqligi oshirilgan;
dissertatsiya ishida turli materiallardan iborat bino devorlaridagi maydon sathlari kuchsizlanishining eksperimental bog‘liqliklari, binolarda maydon sathlari kuchsizlanishiga insonlar soni ta’siri bo‘yicha eksperimental natijalar, bino ichidagi maydon kuchlanganligining difraksion komponentlari hisobini yuritish hamda tomida mobil` aloqa bazaviy stansiyasi antennasi joylashgan bino ichidagi elektromagnit muhitni hisoblash bo‘yicha taklif etilgan uslub “OPEN LOGIC STRATEGY” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mobil` aloqa bazaviy stansiyalarini loyihalashda joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 13 maydagi 33-8/3296-son ma’lumotnomasi). Natijada xona ichidagi maydon sathi kuchsizlanishining hisoblash aniqligi 15% ga oshirilgan.