Djabbarov Rustam Ravshanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuqliklar dinamik siljish elastikligini va yopishqoqligini o‘lchash natijalarining metrologik kuzatuvchanligi va noaniqligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish», 05.03.02–Metrologiya va metrologik ta’minot (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T145.
Ilmiy rahbar: Xakimov Ortagoli Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: «O‘zstandart» agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy–tadqiqot instituti va Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismatullaev Patxulla Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Pulatova Lola Tairxanovna, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyuqliklarning siljish qovushqoq-elastiklik xossalarini ul`tratovushli impedans usulda o‘lchash kuzatuvchanligi va noaniqligini baholashning ilmiy va amaliy asoslarini xalqaro metrologik amaliyot bilan uyg‘unlashtirib yaratish hamda baholash amallarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akustik yacheykaning ishchi va etalon kanallari signallari amplitudalari va ularning yig‘indisi bo‘yicha signallarning faza siljishlari va qaytish koeffisientlarini avtomatik hisoblash uchun qurilma ishlab chiqilgan;
qurilmaning etalon va ishchi kanallaridan foydalanish amallari, qoidalari to‘plami va tartibi, kirish kattaliklarini o‘lchash amallari ketma-ketligi hamda zaruriy sharti ishlab chiqilgan;
suyuqliklarning dinamik siljish elastikligi va yopishqoqligi (qovushqoqligi) hamda ularning noaniqligi, akustik impedansning reaktiv tashkil etuvchisi, qaytarish koeffisientini baholash uchun chiziqlantirish usulidan, suyuqliklarning akustik impedansini faol tashkil etuvchisi va qaytgan to‘lqinlar fazalari o‘zgarishini baholash uchun esa keltirish usulidan foydalanish zarurligi aniqlangan;
ul`tratovush chastotalari, qaytarish koeffisienti, qaytgan to‘lqin fazalari o‘zgarishi, akustik impedansning faol va reaktiv tashkil etuvchilari, suyuqliklarning dinamik siljish elastikligi va qovushqoqligini keltirish tenglamalari va ularning noaniqliklarini korrelyasiyani hisobga olgan va olmagan holda baholash uchun formulalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suyuqliklar dinamik siljish elastikligini va yopishqoqligini o‘lchash natijalarining metrologik kuzatuvchanligi va noaniqligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
akustik signallarning qaytish koeffisienti va faza siljishini o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05655, 29.08.2018y.). Ilmiy tadqiqotlar natijalari akustik signallarni qaytish koeffisienti va faza siljishini o‘lchashni avtomatlashtirish imkonini bergan;
«O‘lchashlarning noaniqligini baholash amallari» sifat menejmenti tizimi hujjati «Sertifikat» ilmiy-texnik markazida joriy qilingan («O‘zstandart» agentligining 2019 yil 24 apreldagi 01/2075-son ma’lumotnomasi). Natijada ISO/IEC 17025 xalqaro standartiga muvofiq akkreditlash imkonini bergan;
bilvosita, birgalikda va/yoki qo‘shma o‘lchash natijalari va ularning turli noaniqliklarini keltirish va chiziqlantirish usullari bilan baholash jarayonini avtomatlashtirish algoritmi va dasturi Qoraqalpog‘iston sinash va sertifikatlashtirish markazida joriy qilingan («O‘zstandart» agentligining 2019 yil 24 apreldagi 01/2075-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari turli noaniqliklarni baholash jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan;
o‘lchash modeli kirish kattaliklarini ko‘paytmalari, bo‘linmalari, yig‘indilari va/yoki farqlari ko‘rinishida bo‘lganda chiqish kattaligi bahosini kirish kattaligi bahosi o‘zgarishiga sezgirlik koeffisientlarini hisoblashning avtomatlashtirish dasturi va algoritmi Buxoro sinash va sertifikatlashtirish markazida joriy qilingan («O‘zstandart» agentligining 2019 yil 24 apreldagi 01/2075-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchashlarning turli modellari uchun noaniqliklarni avtomatik hisoblash imkonini bergan;
kirish kattaliklari soni bitta, ikkita va undan ko‘p bo‘lganda kirish kattaliklari standart noaniqliklarini chiqish kattaliklarining umumiy noaniqligidagi ulushini va noaniqliklar byudjetini tuzish jarayonini avtomatlashtirish algoritmi va dasturi Qashqadaryo sinash va sertifikatlashtirish markazida joriy qilingan («O‘zstandart» agentligining 2019 yil 24 apreldagi 01/2075-son ma’lumotnomasi). Natijada sertifikatsiyalash sinovlari natijalariga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish hamda ISO/IEC 17025 xalqaro standartiga mos ravishda akkreditlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish