Juraev Sherali Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gruntli inshootlarda fil`tratsiya jarayonini kamaytrishda mahalliy xomashyo samaradorligini baholash», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T962.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, professor; Muradov Navruz Qurbonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gruntli inshootlarda fil`tratsion jarayonlarni kamaytirishda mahalliy xomashyodan foydalanish samaradorligini gidravlik jihatdan baholash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy mahalliy xomashyo bentonitning fil`tratsiya koeffisienti uning fizik va gidrodinamik xossalarini inobatga olib aniqlangan;
gruntli inshootlarda fil`tratsiya jarayonini kamaytiruvchi material sifatida Farg‘ona viloyati bentonitidan foydalanish uning fraksion tarkibini hisobga olib asoslangan;
mahalliy materiallardan qurilgan inshootlarda fil`tratsiya sarfini aniqlash usuli grunt xususiyatlarini inobatga olib takomillashtirilgan;
gruntli inshootlarda fil`tratsiyani kamaytirish uchun “Gruntdagi devor” usuli bentonitning fizik-kimyoviy xossalarini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gruntli inshootlarda fil`tratsiya jarayonini kamaytirishda mahalliy xomashyo samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gruntli inshootlarda bentonitning xususiyatlari inobatga olib, fil`tratsiyani kamaytiruvchi mahsulot sifatida Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati suv omborlari boshqarmasida fil`tratsiyaga qarshi tiklanayotgan “Gruntdagi devor” qurilishida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 03/25-574 son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyoning fil`tratsiya koeffisienti bo‘yicha nazariy asoslari va suv omborining “Gruntdagi devor” usuli bo‘yicha fil`tratsiyani kamaytiruvchi mahsulot sifatida unumli foydalanish imkoniyatini yaratgan;
tabiiy mahalliy xomashyo bentonitning fil`tratsiya koeffisienti “Gidroproekt” OAda foydalanishga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 03/25-574 son ma’lumotnomasi). Natijada fil`tratsiya jarayonini kamaytirish uchun mahalliy xomashyoning samaradorligi baholangan. Mahalliy xomashyo sifatida Logon bentonitining fraksion va kimyoviy tarkibi va fil`tratsiya koeffisienti aniqlangan. Yangi aniqlangan mahalliy xomashyo Logon bentonitining gruntli inshootlarda fil`tratsiyani kamaytiruvchi material sifatida foydalanish imkoniyatini yaratgan;
tabiiy dala sharoitida mahalliy materiallardan gruntli inshootlar qurishda mahalliy grunt xususiyatlarini inobatga olib, inshootlardagi takomillashtirilgan fil`tratsiya sarfini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati suv omborlari boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 03/25-574 son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan ishlanmalar va tavsiyalar gruntli inshootlarda fil`tratsiya jarayonini kamaytirish bo‘yicha foydalanishga imkon bergan. Mahalliy gruntning fil`tratsiya sarfini aniqlash usulidan foydalanib, gruntli inshootlarda fil`tratsiya jarayonini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratgan.