Yusupov Dilmurod Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuch transformatorlarining moylarini tozalash energiya va resurstejamkor texnologiyasi», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T89.
Ilmiy rahbar: Salixov Temur Pattaxovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zbekenergo» AJ «Ilmiy-texnika markazi» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Sipkina Viktoriya Vyacheslavovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zenergoinjiniring” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuch transformatorlarining moylarini tozalash energiya va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqilgan texnologiya asosida energiya va resurstejamkorlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida transformator moylarini chuqur tozalaydigan energiyatejamkor keramik membranali fil`trlovchi element ishlab chiqilgan;
kuch transformatorlarining moylarini ekspluatatsiya joyida chuqur tozalaydigan keramik fil`trlovchi qurilma ishlab chiqilgan;
kuch transformatorlarining moylarini turli aralashmalardan tozalaydigan energiya va resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
dielektrik yo‘qotishlar qiymatlarini inobatga olib, transformator moyidagi mexanik aralashmalar hajm miqdorining matematik modeli ishlab chiqilgan;
mexanik aralashmalar bilan kirlangan transformator moyidagi elektr energiyasi isrofini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan kuch transformatorlarining moylarini tozalaydigan energiya va resurstejamkor texnologiya bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
transformator moyidagi mexanik aralashmalar hajm miqdorining matematik modeli “Energota’mir” AJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekenergo” AJning 2019 yil 22 fevraldagi RM-01-21/1110-son ma’lumotnomasi). Natijada TDTN 63000/110/35/10 turidagi kuch transformatorining moyidagi mexanik aralashmalarning hajmini 6% ga kamaytirishga erishilgan;
ishlatilib bo‘lingan transformator moylarini tozalash uchun keramik fil`trlovchi qurilma “Energota’mir” AJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekenergo” AJning 2019 yil 22 fevraldagi RM-01-21/1110-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu korxonada TDTN 63000/110/35/10 turidagi kuch transformatori uchun yiliga 20680 kg transformator moyini tejash imkoni yaratilgan va 26,84 mln so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
mexanik aralashmalar bilan kirlangan transformator moylarida elektr energiyasi isrofini hisoblash uslubi “Energota’mir” AJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekenergo” AJning 2019 yil 22 fevraldagi RM-01-21/1110-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga TDTN 63000/110/35/10 turidagi kuch transformatorida 4941 kVt∙soat elektr energiyasini tejash imkoni yaratilgan va 1,235 mln so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish