Abduraxmanova Nargiza Mirza-Baxtiyarxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritning o‘ziga xos klinik kechishi va davolash samaradorligida MDR1 gen polimorfizmi ahamiyati», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib463.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MDR1 geni polimorfizmiga bog‘liq holda revmatoid artrit klinik kechishining o‘ziga xosliklari va uni davolash samaradorligini aniqlash hamda bazis davoni tanlashda shaxsiylashtirilgan usulni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritda MDR1 gen S3435T polimorfizmi SS genotipi bo‘g‘im sindromi va destruksiyalanishning avj olishiga, TT genotipi esa shu jarayonning sekinlashishiga bog‘liqligi isbotlangan;
revmatoid artritning bazisli davosida kasallikning avj olishi va klinik remissiyalanish jarayonidagi ijobiy natijani MDR1 genining S3435T polimorfizmi bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlangan;
revmatoid artritda MDR1 genining S3435T polimorfizmi SS genotipida metatreksatga rezistentlikning shakllanishi (DAS28>5,1) va uning TT mutantli genotipida, aksincha, uzoq klinik remissiya (2,6>DAS28>6 oy)ning ta’minlanishi asoslangan;
MDR1 genining S3435T polimorfizmini genotiplash negizida revmatoid artritga chalingan bemorlar uchun shaxsiylashtirilgan antirevmatik bazisli davo usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MDR1 geni polimorfizmiga bog‘liq holda revmatoid artritga chalingan bemorlar klinik kechishining o‘ziga xosliklari va davolash samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Revmatoid artritga chalingan bemorlar genetik xususiyatlariga ko‘ra davolashga shaxsiylashtirilgan yondashuv” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 8n-r/122-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bemorlar hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish, RAning qaytalanish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
RA bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, 3-son Toshkent shahar klinik shifoxonasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-sonli klinikasi, 3-sonli Toshkent shahar oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/118-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi RAga chalingan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, ularning hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish hamda statsionar davolanish takroriyligi va muddatini qisqartirish imkonini bergan.