Abdullaeva Nargiza Nurmamatovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qariyalarda va keksalardagi epilepsiya va epileptik paroksizmlar. Etiopatogenetik tizimi va davolash masalalari», 14.00.13–nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib224.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzuridagi 16.07.2013.Tib.19.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gyuzyal` Rafkatovna Tabeeva, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalimova Xanifa Muxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyar nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Qariya va keksalardagi epilepsiya kasalligining tarqalishini, klinik-neyrofiziologik o‘ziga xos xususiyatlarini va davolash taktikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Qariya va keksa yoshdagi bemorlarda epilepsiyaning etiopatogenetik strukturasi va klinik-neyrofiziologik xususiyatlari aniqlangan;
qariya va keksa yoshdagi bemorlarda epilepsiya rivojlanishining yoshga oid xususiyatlari isbotlangan;
oxirgi avlodga mansub antikonvul`santlarning farmakodinamikasidagi statistik ishonarli farqlar terapevtik keksa va yosh bemorlarda dori monitoringi ma’lumotlari negizida isbotlangan;
ilk bor qariya va keksa yoshdagilarda epilepsiya kechishining yondosh somatik patologiyalari (yurak-qon tomir etishmovchiligi, bronx-o‘pka patologiyasi va b.) bilan bog‘liqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tutqanoq kasalligini qariya va keksa yoshdagi bemorlarda samarali davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat va shahar shifoxonalari nevrologiya bo‘limlari, Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy markazi Samarqand filiali faoliyatiga joriy qilingan. Qariya va keksalarda tutqanoq kasalligida antikonvul`santlarning qondagi miqdorini aniqlash (plazmokonsentratsiyasi) natijasida dorilar dozasini individual tanlash usuli xurujlar soni 30 foizga kamaydi, bemorlar sog‘ayishining turg‘un remissiyasi 35 foizni tashkil qildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 16 dekabrdagi 8N-g29-son va 2015 yil 27 oktyabrdagi 8N10-son ma’lumotnomalari).