Abduraximova Lola Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi sekretor etishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatitlarning fenotipik kechish xususiyatlari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib173.
Ilmiy rahbar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali pankreatitning tashqi sekretor etishmovchilik xususiyatlari va uning rivojlanishi bilan assotsirlangan xavf omillariga bog‘liq holda tashxislash va oldini olish tamoyillarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pankreatitda tashqi sekretor etishmovchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi efferent holatlar, zararli odatlar va ovqatlanishga doir xavf omillari bilan o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatkichlari asoslangan;
umumiy amaliyot shifokorlarining kundalik amaliyotida qo‘llash jihatidan qulay bo‘lgan “Surunkali panreatitda tashqi sekretor etishmovchilikni baholash mezonlari” shkalasi ishlab chiqilgan;
bemorlarda kuzatilgan efferent omillar, betartib ovqatlanish hamda zararli odatlarning mavjudligi kabi xavf omillarining uchrashiga asoslangan, TSEning rivojlanishi va kechishi bo‘yicha bashoratlash xaritasi taklif qilingan;
surunkali pankreatitni tashxislash, oldini olish va dispanser kuzatuvi tamoyillari birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika turlari hamda dispanserizatsiya bosqichlarini maqsadli amalga oshirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi sekretor etishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatitlarning fenotipik kechish xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini sharoitida tashqi sekretor etishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatitni erta tashxislash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/120-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma TSEni erta tashxislash va bemorlarni nazorat qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Surunkali pankreatitda tashqi sekretor etishmovchilikning tashxislash mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/120-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashqi sekretor etishmovchilikning fenotipik belgilarini erta aniqlash va bemorlarda surunkali pankreatitning asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
Tashqi sekretor etishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatitlarning fenotipik kechish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi hamda RIT va TRIATM gastroenterologiya, terapiya bo‘limlari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/120-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tatbiq etilgan natijalar yordamida tashqi sekretor etishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatitning oldini olish, tashxislash sifatini yaxshilash va asoratlar sonining kamayishi, reabilitatsiya va dispaser nazorati bilan o‘zaro bog‘liqligini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish