Nabieva Nodira Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek ayollari she’riyatida hijron va iltijo motivi talqinlari”, 10.00.14 - XX asr adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4344.
Ilmiy rahbar: Mardonova Lobar Umaralievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Yuldashev Normat Temirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek ayollar she’riyatida hijron va iltijo konsepti hamda lirik kechinma uyg‘unligi muammosini Zulfiya, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Nodira Afoqova va Zebo Mirzolar she’riyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Milliy she’riyatida ishqning axloqiy-estetik ideal sifatidagi lirik talqini o‘rganilgan hamda shu asnoda zamonaviy o‘zbek she’riyatida ishqning badiiy talqini yoritilgan;
Zulfiya, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Nodira Afoqova va Zebo Mirzo she’riyatidagi iltijo va hijron konseptining biografik asoslari yoritilgan va ilmiy-nazariy xulosalarga kelingan;
hijron – ishqiy lirikaning asosiy atributi ekanligi, lirikada ayriliq mavzusi va uning kelib chiqish sabablarining asosiy belgilari ekanligi dalillangan;
Zulfiya, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo va Nodira Afoqova ijodidagi iltijo ob’ektlari aniqlangan hamda shoiralar she’riyati leksikasi va poetik sintaksisi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zulfiya, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdieva, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo va Nodira Afoqovalar ijodi misolida zamonaviy ayollar she’riyatida hijron va iltijo konsepti hamda lirik kechinma uyg‘unligi muammosini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar asosida asoslangan:
zamonaviy o‘zbek she’riyati yaxlit adabiy hodisa sifatida tadqiq etilib, she’riyatdagi an’analarning yangilanish asoslari to‘g‘risidagi nazariy xulosalar umumlashtirilib, zamonaviy o‘zbek she’riyatida hijron va iltijo konsepti hamda lirik kechinma uyg‘unligiga xos poetik omillarni aniqlashga oid ilmiy xulosalaridan FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘z RFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 21-noyabrdagi 548-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz va zamonaviy she’riyatning o‘ziga xos xususiyatlari, aruz tajribalari, an’ana va ijodiylik, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishdagi o‘ziga xoslik haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan;
she’riyatda hijron va iltijo konsepti hamda lirik kechinma uyg‘unligiga oid xulosalaridan “Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti” nomli ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘z FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining 2025-yil 26-fevraldagi № 04/1-738-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillarini tadqiq etishga va ommalashtirishga hissa qo‘shilgan;
hozirgi o‘zbek ayollar she’riyatida hijron va iltijo konsepti hamda lirik kechinma uyg‘unligi yoritishdagi o‘rni va ahamiyati haqida chiqarilgan ilmiy-nazariy umumlashmalarga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Afsona va haqiqat” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 3-iyundagi № 01-33/481-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiy-badiiy saviyasini oshishida ahamiyat kasb etgan.