Suyarova Feruza Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilik va amaliy san’atning rivojlanish tarixi (1991-2022 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Tar2673
Ilmiy rahbar: Rahmonqulova Oksana Aliqulovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori (DSc), professor Norbutaev Parda Pajnievich.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991–2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilik va amaliy san’at sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar tarixini ilmiy jihatdan tahlil qilish va baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillik arafasida ma’muriy-buyruqbozlik va rejali iqtisodiyot tizimi doirasida mahalliy kosiblik an’analarini majburiy tarzda davlat artellari va mahalliy sanoat korxonalari tarkibiga singdirishi oqibatida vohaning an’anaviy hunarmandchilik maktablari, xususan, Shahrisabz kulolchiligi va g‘ishtpazligi, Kasbi sopol o‘yinchoqsozligi, shuningdek, misgarlik, kashtachilik va gilamdo‘zlik tarmoqlari chuqur tizimli inqirozga uchrab, institutsional bazadan mahrum bo‘lganligi, mustaqillik yillarida esa soha taraqqiyoti faqatgina etnomadaniy merosni konservatsiya qilish bilan cheklanmay, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining joriy etilishi, huquqiy-meyoriy bazaning shakllanishi, “Hunarmand” uyushmasining tashkil etilishi hamda mahalliy tashabbuslar tufayli sifat jihatidan yangi, transformatsiyalashuv bosqichiga ko‘tarilganligi isbotlandi;
Qashqadaryo viloyatida milliy hunarmandchilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish dinamikasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat siyosatining oddiy huquqiy qonuniylashtirish bosqichidan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari berish hamda sohani kreativ industriya va tijorat tarmog‘iga aylantirilganligi, vohada kashtachilik, temirchilik va metallga ishlov berish, kulolchilik, gilamchilik, quroqchilik, milliy liboslar va uy hunarmandchiligi mahalliy turmush tarzi, xom ashyo bazasi, oilaviy mehnat va ustoz-shogird an’analari bilan uzviy bog‘liq holda va shu asosda Qashqadaryo amaliy san’ati umumo‘zbek hunarmandchiligi tarkibida o‘ziga xos vohaviy badiiy-tarixiy maktab sifatida rivojlanganganligi konseptual jihatdan asoslandi;
Qashqadaryo vohasi o‘ziga xos mikrohududiy xususiyatlari misolida an’anaviy kashtachilik (Shahrisabz va Kitob “iroqi” choki), milliy gilamdo‘zlik, quroqchilik san’atining, misgarlik, temirchilik, metallga ishlov (Qarshi va Koson atrofida) qayta tiklanishi voha xotin-qizlar va yoshlarni kasbga jalb etish, ishsiz aholi bandligini ta’minlash, oila byudjeti daromadlarini ko‘paytirish, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda amaliy mexanizm sifatida ijtimoiy omil bo‘lib xizmat qilganligi hamda 2017–2022 yillarda mahsulot ishlab chiqarish hajmining 4,2 barobarga o‘sishi dinamikasida ayollar tadbirkorligi yetakchi drayverga aylanganligi statistik ko‘rsatkichlar yordamida dalillandi;
Qashqadaryoda hunarmandchilik mahsulotlari sayyohlar uchun oddiy esdalik buyumi emas, balki voha tarixi, mahalliy madaniyati, usta mahorati va “tirik meros”ni namoyish etuvchi turistik resurs ekanligi, tashkil etilgan interaktiv hunarmandchilik ustaxonalari va mahorat darslari (masterclasses) an’anaviy madaniy merosni asrash bilan bir qatorda, hududiy turizm industriyasi bilan chuqur integratsiyalashib, «ustaxona – ko‘rgazma – savdo – turistik marshrut» zanjiri asosida mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi yangi madaniy-iqtisodiy model sifatida namoyon bo‘lganligi asoslandi. Shu bilan birga, mahsulot asliyligini saqlash, hunar maktablarini ilmiy hujjatlashtirish, ustalar haqidagi ma’lumotlarni arxivlashtirish, raqamli savdo va marketing imkoniyatlarini kuchaytirish, hunarmandchilik markazlarini turistik marshrutlarga tizimli kiritish kabi muammolarni hal etish zarurati ilmiy jihatdan aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilik va amaliy san’atning rivojlanish tarixi (1991–2022-yillar) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va olingan ilmiy natijalaridan:
Mustaqillik arafasida ma’muriy-buyruqbozlik va rejali iqtisodiyot tizimi doirasida mahalliy kosiblik an’analarini majburiy tarzda davlat artellari va mahalliy sanoat korxonalari tarkibiga singdirishi oqibatida vohaning an’anaviy hunarmandchilik maktablari, xususan, Shahrisabz kulolchiligi va g‘ishtpazligi, Kasbi sopol o‘yinchoqsozligi, shuningdek, misgarlik, kashtachilik va gilamdo‘zlik tarmoqlari chuqur tizimli inqirozga uchrab, institutsional bazadan mahrum bo‘lganligi, mustaqillik yillarida esa soha taraqqiyoti faqatgina etnomadaniy merosni konservatsiya qilish bilan cheklanmay, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining joriy etilishi, huquqiy-meyoriy bazaning shakllanishi, “Hunarmand” uyushmasining tashkil etilishi hamda mahalliy tashabbuslar tufayli sifat jihatidan yangi, transformatsiyalashuv bosqichiga ko‘tarilganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 14-iyuldagi 01-33/529-son ma’lumotnomasi).
Qashqadaryo viloyatida milliy hunarmandchilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish dinamikasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat siyosatining oddiy huquqiy qonuniylashtirish bosqichidan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari berish hamda sohani kreativ industriya va tijorat tarmog‘iga aylantirilganligi, vohada kashtachilik, temirchilik va metallga ishlov berish, kulolchilik, gilamchilik, quroqchilik, milliy liboslar va uy hunarmandchiligi mahalliy turmush tarzi, xom ashyo bazasi, oilaviy mehnat va ustoz-shogird an’analari bilan uzviy bog‘liq holda va shu asosda Qashqadaryo amaliy san’ati umumo‘zbek hunarmandchiligi tarkibida o‘ziga xos vohaviy badiiy-tarixiy maktab sifatida rivojlanganganligi dalillar asosida yoritildi (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 16-iyuldagi 01-14/921-son ma’lumotnomasi).
Qashqadaryo vohasi o‘ziga xos mikrohududiy xususiyatlari misolida an’anaviy kashtachilik (Shahrisabz va Kitob «iroqi» choki), milliy gilamdo‘zlik, quroqchilik san’atining, misgarlik, temirchilik, metallga ishlov (Qarshi va Koson atrofida) qayta tiklanishi voha xotin-qizlar va yoshlarni kasbga jalb etish, ishsiz aholi bandligini ta’minlash, oila byudjeti daromadlarini ko‘paytirish, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda amaliy mexanizm sifatida ijtimoiy omil bo‘lib xizmat qilganligi hamda 2017–2022 yillarda mahsulot ishlab chiqarish hajmining 4,2 barobarga o‘sishi dinamikasida ayollar tadbirkorligi yetakchi drayverga aylanganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 14-iyuldagi 01-33/529-son ma’lumotnomasi).
Qashqadaryoda hunarmandchilik mahsulotlari sayyohlar uchun oddiy esdalik buyumi emas, balki voha tarixi, mahalliy madaniyati, usta mahorati va “tirik meros”ni namoyish etuvchi turistik resurs ekanligi, tashkil etilgan interaktiv hunarmandchilik ustaxonalari va mahorat darslari (masterclasses) an’anaviy madaniy merosni asrash bilan bir qatorda, hududiy turizm industriyasi bilan chuqur integratsiyalashib, «ustaxona – ko‘rgazma – savdo – turistik marshrut» zanjiri asosida mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi yangi madaniy-iqtisodiy model sifatida namoyon bo‘lganligi asoslandi. Shu bilan birga, mahsulot asliyligini saqlash, hunar maktablarini ilmiy hujjatlashtirish, ustalar haqidagi ma’lumotlarni arxivlashtirish, raqamli savdo va marketing imkoniyatlarini kuchaytirish, hunarmandchilik markazlarini turistik marshrutlarga tizimli kiritish kabi muammolarni hal etish zarurati dalillar asosida yoritildi (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 16-iyuldagi 01-14/921-son ma’lumotnomasi).