Ataxodjaeva Dilora Raximdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda brusellyoz klinik-immunologik holatining o‘ziga xosligi va uning korreksiyasi», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar va 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib60.
Ilmiy rahbarlar: Kasimov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.30.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsutdinova Maksuda Ilyasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda brusellyozning klinik-immunologik holati o‘zgarishlarini aniqlash va korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalar va o‘smirlarda brusellyozning o‘tkir va yarim o‘tkir klinik shakllari surunkali shaklga o‘tib ketishida hujayraviy (SD3+, SD4+) imunitet ko‘rsatkichlari sonining kamayishi va gumoral (IgA, IgM) immunitet ko‘rsatkichlari miqdorining ortishiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda brusellezning turli klinik shakllari rivojlanishida IFN-γ miqdorining keskin kamayishiga bog‘liq holda yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6) va qarshi (IL-4, IL-10) sitokinlar miqdori turg‘unligining buzilishi aniqlangan;
ilk bor brusellyoz bilan og‘rigan bolalarda ichak mikroflorasidagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlari bilan immun tizimning hujayraviy bo‘g‘ini (SD3+, SD4+, SD8+ va SD16+) ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar o‘rtasida o‘zaro korrelyativ bog‘liqlik borligi isbotlangan;
ilk bor brusellyoz bilan og‘rigan bemorlar ichak mikroflorasi tarkibida S.aureus va Candida sp. miqdorining ortishi sitokinlar miqdorining kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda brusellyozning turli shakllarining o‘ziga xos klinik-immunologik holatini tashxislash va korreksiyalash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Brusellyozni davolashda samaradorlikni oshirish usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 maydagi 8n-z/79-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma brusellyozning turli klinik shakllarida bemorning klinik, biokimyoviy, bakteriologik va immunologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, davolashni takomillashtirish orqali uzoq muddatli remissiyaga erishishga va kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qilgan;
brusellyozni turli klinik shakllarida bolalarni immun korreksiyalovchi preparatlar bilan davolash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonalari amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 maydagi 8n-z/79-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar kasallikning barcha klinik shakllarida tashxislash va davolashni samarador usulini qo‘llash orqali brusyollez bilan og‘rigan bolalarni davolash samaradorligini 38,2% oshirishga, statsionarda davolanish davrini 2,9 kunga qisqartirishga va davolashga ketadigan oilaviy mablag‘larni 1,9 marta tejashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish