Hamroev Farxod Sharafovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar serebral falaji spastik shaklida oyoq kontraktura va deformatsiyalarini majmuaviy davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib386.
Ilmiy rahbar: [Xamraev Shaxob Shamsievich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Umnov Valeriy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Sattarov Alisher Raximovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmediev Maxmud Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar serebral falaji (BSF) bilan og‘rigan bolalarda oyoq kontraktura va deformatsiyalarini tashxislash, davolash usullarini takomillashtirish hamda ularning ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BSF bo‘lgan bolalarda sonning ichki rotatorlarini qisman kesib uzaytirish va bo‘g‘im old kapsulasini P-simon kesish yo‘li bilan chanoq-son bo‘g‘imi ichki rotatsion kontrakturasini butkul bartaraf etish imkonini beruvchi xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
BSF bo‘lgan bolalarda tizza bo‘g‘imining og‘ir darajali bukuvchi kontrakturasi va oyoq panjasi ekvinusli deformatsiyasini bartaraf etish maqsadida bo‘g‘im orqa kapsulasining Z-simon kesimi taklif qilingan;
BSF bo‘lgan bolalar harakat tizimidagi buzilishlar diagnostikasini takomillashtiruvchi ishlab chiqilgan oyoq panjasi angulodinamometriyasi uchun qurilma davolashdan oldin va keyingi natijalarni taqqoslash imkonini berishi isbotlangan;
BSF bo‘lgan bolalarda chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarini MRT tekshirishlari asosida aniqlangan bo‘g‘im kapsulasining qalinlashishi va dag‘allashishi kabi o‘zgarishlari bukuvchi kontrakturalarning xirurgik korreksiyadan keyingi uzoq muddatdagi qaytalanish omillari ekanligi isbotlangan;
BSF bo‘lgan bolalarda chanoq-son, tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlaridagi kontrakturalarni mushaklardagi tonus holati hamda harakatlar darajasini belgilovchi diagnostik mezonlardan foydalangan holda tashxislash va davolash taktikasi taklif qilingan;
BSF bo‘lgan bolalarda tovon ekvinusli kontrakturasi residivlarini profilaktika qilish maqsadida ishlab chiqilgan ikrasimon mushakni aponevrotik uzaytirish taktikasi uzoq muddatdagi asoratlarning va tibial sindrom rivojlanishining oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda BSFni tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Bolalar serebral falaji kasalligida chanoq-son bo‘g‘imi rotatsion kontrakturasini davolash usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04076-son patent, 2009 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash BSF bo‘lgan bolalarni davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini qisqartirish imkonini bergan;
«Bolalar serebral falaji bo‘lgan bemorlarda oyoq kontraktura va deformatsiyalarini davolash usulini tanlash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 8n-z/47-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma BSF kasalligining ortopedik va xirurgik usullarida davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
«Bolalar serebral falaji bo‘lgan bemorlarda tizza bo‘g‘imi bukuvchi kontrakturasini jarroxlik korreksiyalash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 3 fevraldagi 8n-d/392-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usullar jarrohlik amaliyotlardan keyingi davrda bo‘g‘im kontrakturalari qaytalanishining oldini olish va asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda BSFni tashxislash va davolashni o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasi, Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklarini davolash markazi va Respublika bolalar ortopediyasi markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 8n-z/47-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida operatsiyaning uzoq muddatlardagi salbiy natijalari kamaygani hamda reabilitatsiya jarayonining muddati 1,5 baravarga qisqarilishi ta’minlangan.