Tojiaxmedova Maftuna Umarjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining og‘zaki nutq ko‘nikmasini montessori metodi orqali shakllantirish (ingliz tili materiali misolida”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8788.
Ilmiy rahbar: Yakubbaev Murodilla Marufovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Timur Islamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ergasheva Xilola Yunusxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirishga yo‘naltirlgan ingliz tili materialini o‘rgatishga Montessori metodini amaliyotga joriy qilish bo‘ycha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlarida ingliz tilida og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy asoslari va mavjud metodik yondashuvlarning lingvodidaktik tamoyillari psixolingvistik va pedagogik imkoniyatlar asosida aniqlashtirilib, noverbal–verbal–kommunikativ bosqichlardagi metodologik asoslar aniqlangan;
Montessori metodining asosiy tamoyillari MTT tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida og‘zaki nutqini shakllantirish jarayoniga ta’siri jarayonida fonetik adaptatsiya, leksik boyish, sintaktik tuzilmani o‘zlashtirish va tabiiy nutq chiqishining ketma-ket rivojlanish bosqichlari psixolingvistik, pedagogik va lingvodidaktik jihatdan aniqlashtirilib, “Og‘zaki nutqning sezgir davrlari” tizimi takomillashtirilgan;
Montessori metodining konseptual tamoyillari asosida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan lingvistik muhitni tashkil etish, bolalarning mustaqil kognitiv-nutqiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda nutqiy faollikni rag‘batlantiruvchi didaktik mashqlar majmuasi ishlab chiqilgan;
Montessori metodik tizimining sezgi-analizatorlar faoliyatini rag‘batlantirish tamoyili, audial-vizual-kinestetik modalliklarni qamrab oluvchi multimodal idrok va kontekstli o‘rganish konsepsiyasining lingvodidaktik imkoniyatlaridan hamda “I Spy Game”, “The Bells”, ro‘lli o‘yinlar va hikoya ketma-ketligi texnologiyalarining didaktik integratsiyasidan foydalanish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqning tabiiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan lingvodidaktik texnologiya takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining montessori metodi orqali og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish (ingliz tili materiallari misolida) mavzusidagi tadqiqot natijalaridan:
og‘zaki nutqning noverbal–verbal–kommunikativ bosqichlarda shakllanishi psixolingvistik va pedagogik birlikda talqini mazmuniga doir taklif va tavsiyalardan ingliz tili yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanilayotgan “English language teaching in the 21st century” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgust dagi 316-sonli buyrug‘iga asosan 327043-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tushunchalari takomillashtirilgan;
Montessori metodining “sezgir davrlar”, “tayyorlangan muhit”, “til materiallar”, va “ichki moyillik” tamoyillari ingliz tilida og‘zaki nutq shakllanish jarayoni bilan uyg‘unlashtirilib, “Og‘zaki nutqning sezgir davrlari” nomli mashqlar tizimini amaliyotga tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarining 2025-yil may va dekabr sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK sining 2026-yil 23-yanvardagi 05-09-107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mashqlar tizimi fonetik moslashuv, leksik boyish, sintaktik struktura va tabiiy nutq chiqishining bosqichma-bosqich rivojlanishi asoslab berilgan.
Montessori metodikasining konseptual tamoyillariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarning og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan lingvistik muhitni konstruksiyalash, bolalarning mustaqil faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va nutqiy faollikni rag‘batlantiruvchi pedagogik sharoitlar hamda vositalarning ilmiy asoslangan tizimi bo‘yicha tavsiyalardan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining ERASMUS+ mobility project “Project n. 2024-1-IT02-KA171-HED-000209878 between Pisa University and Namangan State Institute of Foreign Languages” loyihasi doirasida foydalanilgan. (Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 2026-yil 3-apreldagi 0017 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining tayyorlov guruhlarida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi lingvistik muhitni tashkil etish, bolalarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik sharoit va vositalarni amaliy jarayonga joriy etish imkoniyatlari takomillashtirilgan.