Xaydarov Nodir Kodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi o‘tqazgan bemorlarda tibbiy reabilitatsiyani takomillashtirishning tashkiliy aspektlari», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment va 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib353.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Majitova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.31.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fedin Anatoliy Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irgashiv Shuxrat Boisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navarra xalqaro universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi orasida bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishlari bilan xastalangan bemorlar reabilitatsiyasining tibbiy-tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlarning davolanishdan keyingi reablitatsiya jarayonining tibbiy muassasalarda tashkillashtirilmaganligi sababli asoratlanmagan va asoratlangan nogironlikning kelib chiqish mexanizmi asoslangan;
insul`tdan keyingi bemorlar holatiga qarab reabilitatsion tizimini tashkillashtirish dasturi asosida insul`tda yuzaga kelgan harakat, psixologik va ijtimoiy nuqsonlarni bartaraf etish imkonini beruvchi reabilitatsion muolajalarining bosqichma-bosqich tartibi isbotlangan;
bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlarda moslashtirilgan individual faol reabilitatsiya tizimida transkranial magnitli stimulyasiya, kinezoterapiyaning tartibi ishlab chiqilgan;
insul`tlarning reabilitatsion tadbirlari qo‘llanilishi natijasida tanyach-harakat, psixologik nuqsonlarning tiklanish darajasiga qarab samaradorligini maqsadli baholash tizimi asoslangan;
tibbiy yordam ko‘rsatishning turli bosqichlarida bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlarga ko‘rsatiladigan reabilitatsion tibbiy yordami sifati statsionar, reabilitatsion markaz hamda poliklinika bosqichlarida mujassamlashtirilgan tasnifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi o‘tkazgan bemorlarda tibbiy reablitatsiyani takomillashtirishning tashkiliy aspektlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari bilan og‘rigan bemorlarni ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari bilan og‘rigan bemorlarni ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
«Insul`tdan keyingi bemorlar neyroreabilitatsiyasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma davolashning iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.
«Insul`tdan keyingi neyroreabilitatsiya prinsiplari: qanday tiklanish mumkin?» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadagi zamonaviy reabilitatsiya usullarini tatbiq etish natijasida BMQAO‘Bni o‘tkazgan bemorlarda jismoniy va ruhiy dezadaptatsiya 1,3 martaga kamaygan, ularning ijtimoiy faolligi 1,6 martaga ortgan va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bosh miya qon aylanish o‘tkir buzilishi o‘tqazgan bemorlarda tibbiy reablitatsiyani takomillishtirishning tashkiliy aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining uchinchi klinikasi va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ish faoliyatiga tatbiq etilgan ( Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 iyundagi 8n-z/112-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilish natijasida insul`t o‘tkazgan bemorlarda ijtimoiy faolligi oshishi, jismoniy va ruhiy dezadaptatsiya hamda asoratlar kamayishi kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish