Kangilbaeva Guzal Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noproliferativ diabetik retinopatiyaning kompleks terapiyasini optimallashtirish», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib628.
Ilmiy rahbar: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ivanova Nanuli Viktorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mxitar Geratsi nomidagi Erevan davlat tibbiyot universiteti (Armaniston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘zning klinik-funksional ko‘rsatkichlar asosida tanakanni endonazal elektroforez usulida qo‘llash bilan noproliferativ diabetik retinopatiyani davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z tomirlarida sistolik qon oqim tezligi va diabetik retinopatiyaning og‘irlik darajasi orasida teskari korrelyasiya mavjudligi, SAS, ZKSA, SVS va GAda qon oqimi tezligi pasayishi diabetik retinopatiyaning og‘irlashishga asoslangan;
diabetik retinopatiya kasalligining kechishini gemodinamik ko‘rsatkichlari asosida bashoratlash isbotlangan;
ko‘z yosh suyuqligini antioksidant himoya va lipidlar peroksidli oksidlanishining mahsulotlari ko‘rsatkichlarining ko‘zning gemodinamik ko‘rsatkichlari bilan aloqadorligi asoslangan;
azot oksidi, katalaza va superoksiddismutaza fermentlari darajasining kamayganligi lipidlar perekis oksidlanish darajasining oshishi natijasida diabetik retinopatiya rivojlanishi isbotlangan;
manzilli etkazishda tanakanning endonazal elektroforezni ko‘rish organi faoliyatiga ta’sir etishi natijasida yuzaga keladigan gemodinamik va biokimyoviy kursatkichlarning o‘zgarishlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noproliferativ diabetik retinopatiyaning kompleks terapiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Noproliferativ diabetik retinopatiyani samarali davolashni oshirish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 maydagi 8n-r/102-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida noproliferativ diabetik retinopatiyani tashxislash va samarali davolash, ko‘rish faoliyatini tiklash, kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Diabetik retinopatiyani kechishini bashorat qilishda rangli doppler kartirlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 martdagi 8n-r/97-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida retinopatiyaning rivojlanishini o‘z vaqtida bashorat qilish va proliferativ bosqichlarga o‘tishning oldini olish imkonini bergan;
noproliferativ diabetik retinopatiyani samarali davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi uchinchi klinikasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari oftal`mologik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 iyundagi 8n-z/102–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi noproliferativ diabetik retinopatiyani tashxislash, davolash samaradorligini oshirish, retinopatiyani rivojlanishining oldini olish va asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.