Raxmatullaeva Nasibaxon Islambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasi (Binsvanger kasalligi): patogenetik mexanizmlar, tashxislash va davolash algoritmlarini takomillashtirish», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib275.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nargiza Nurmatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-nevrologik ko‘rsatkichlar va neyrovizualizatsion tekshirish usullar ma’lumotlariga, neyropsixologik o‘zgarishlarga tayanib jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyani erta tashxislash algoritmini ishlab chiqish va davolashni optimal usullarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasi (Binsvanger kasalligi)da oliy nerv faoliyatida kognitiv buzilish belgilari bilan birgalikda boshqaruv faoliyatini, surunkali bosh miya ishemiyasida esa oliy nerv faoliyatida kognitiv o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasi (Binsvanger kasalligi)da bosh miya MRT manzarasida oq modda va po‘stloqosti yadrolar zararlanishi peshona-chakka va gippokamp sohalarida joylashganligi aniqlangan;
ilk bor jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiya (Binsvanger kasalligi) rivojlanishining xavf omillari aniqlangan va erta tashxislash ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasi (Binsvanger kasalligi)ning bazis davoga qo‘shimcha neyroprotektorlar va xolinesteraza ingibitorlarini qo‘llashning neyrodinamika jarayonlari hamda boshqaruv vazifalarga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasida kognitiv buzilishlarni erta aniqlashga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasi (Binsvanger kasalligi)da kognitiv buzilishlarni diagnostik algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 yanvardagi 8n–d/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasida bemorlarning kognitiv funksiyalarini baholashga qaratilgan chora-tadbirlar, davolash-diagnostik taktikani yaxshilash, kognitiv disfunksiyalar uchrash chastotasini kamaytirish va og‘ir demensiya rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
tadqiqot davomida tashxislash va davolash samaradorligini oshirish borasida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon shahar tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 maydagi 8n–z/68-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar psixometrik shkalalar ko‘rsatkichlarini oshirish (1,5 ballga), jadallashuvchi qon tomir leykoensefalopatiyasi bilan og‘rigan bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.