Abduraxmanov Olim Ne’matullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
“Ochiq kanallardagi suv resurslarining beqaror harakatini optimal boshqarishning matematik modellarini takomillashtirish  (Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali misolida)”, 05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta  ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5282
Ilmiy rahbar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Mirzaakbar Xakkulmirzaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ochiq kanallardagi beqaror harakatdagi suv oqimlarini optimal boshqaruviga asoslangan matematik modellarini takomillashtirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ochiq kanallardagi suv resurslarini iste’molchilarga etkazib berishda suvning beqaror harakatini ifodalovchi 2D Sen-Venanning xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasiga asoslangan optimal boshqarishning sifat mezonlari ishlab chiqilgan va matematik modellari takomillashtirilgan;
ochiq kanallardagi suv resurslarini takomillashtirilgan matematik model va GWO algoritmi asosida optimal boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
ochiq kanallardagi suv resurslarini beqaror harakatida optimal shlyuz boshqaruvi asosida suv sarfini bashorat qilish uchun MPC hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
ochiq kanallarda suv resurslarini taqsimlashda optimal boshqarish masalasini chekli ayirmalar usuli hamda 2D Sen-Venanning xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini sun’iy intellektga asoslangan fizik jarayonlarni neyron tarmog‘i PINN modeli asosida echishning algoritmlari yaratilgan hamda dasturlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ochiq kanallardagi suv resurslarini optimal boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Iste’molchilarga ochiq kanallardagi suv resurslarini etkazib berish sharoitida suvning beqaror harakatini ifodalovchi 2D Sen-Venanning xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini sun’iy intellektga asoslangan fizik jarayonlarni neyron tarmog‘i (PINN) modeli asosida takomillashtirish bilan optimal suv taqsimlashni boshqarishning matematik modellari hamda uni echishning dasturlar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi” tasarrufidagi kanallarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimi ijroiya mahkamasining 2025 yil 27 oktyabrdagi  04-753-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida irrigatsiya tizimi kanallarida suvni tejalgan holda suv foydalanuvchilariga yetkazishda suvni taqsimlab berish sharoitida  samaradorlik 3-5% gacha oshirish imkonini bergan;
Ochiq kanallardagi suv resurslarini iste’molchilarga etkazib berishda suv sarfini aniq va uzlyuksiz boshqarish maqsadida, optimal suv taqsimotini ishlab chiquvchi GWO algoritmi asosidagi dasturiy ta’minoti Sirdaryo–Zarafshon ITHB Sharof Rashidov tumani hududi kanallariga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimi ijroiya mahkamasining 2025 yil 27 oktyabrdagi 04-753-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan algoritm suvni taqsimlab berish samaradorligini 5–7% gacha oshirdi.
Ochiq  kanallardagi suv resurslarini optimal boshqarish algoritmlari Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshqarmasi kanallariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimi ijroiya mahkamasining 2025 yil 27 oktyabrdagi 04-753-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar magistral kanallaridagi suv etkazuvchi gidrotexnik inshootlarining ish samaradorligini 5-8%ga oshirish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish