Rabbimova Gulnora Toshtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Genital infeksiyasi bo‘lgan homiladorlarda tashxislash, bashoratlash va asoratlarni davolash», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib236.
Ilmiy rahbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: genital infeksiyasi bo‘lgan homiladorlarda tashxislash, bashoratlash va asoratlarni davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qin va bachadon bo‘yinchasi ajralmalarida turli mikroorganizmlarning o‘ziga xos markerlari (taksonlari) miqdori ayollarda homila tushish xavfi rivojlanishiga bog‘liq ortishi aniqlangan;
ilk bor yurak ritmi variabelligi ko‘rsatkichlari (VLF, LF, HF) o‘zgarishlari genital infeksiyali homiladorlik kechishi og‘irlashuviga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
genital infeksiyali ayollarda homila tushish xavfining rivojlanishi antioksidant tizimi (katalaza) ko‘rsatkichlari pasayishi va endogen intoksikatsiya (MDA, MSM, KUB) ko‘rsatkichlari ortishi bilan bog‘liqligi isbotlagan;
genital infeksiyali homiladorlarda endogen intoksikatsiya va yurak ritmi variabelligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari asosida homila tushish xavfini takomillashtirilgan bashoratlash indekslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Genital infeksiyasi bo‘lgan homiladorlarda tashxislash, bashoratlash va asoratlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Infeksiya xavf guruhi xomiladorlarida endotoksikozni korreksiyalash yo‘llari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 martdagi 8n-d/54-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma infeksiya xavf guruhi homiladorlarida endotoksikozni klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Homiladorlarda yurak ritmi variabelligi me’yorda va patologiyada» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 2018 yil 23 martdagi 8n-d/54-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma homiladorlarda yurak ritmi variabelligi aniqlash orqali organizmining moslashuv imkoniyatlarini baholash hamda ulardagi yashirin buzilishlarni aniqlash, kasallik rivojlanishiva kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
genital infeksiyali homiladorlarda tashxislash, prognozlash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Samarqand shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasi va Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiy boshqarmasi tug‘ruq majmuasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/62-son xulosasi). Joriy qilingan natijalar genital infeksiyali homiladorlarda yurak ritmi variabelligi, endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlari asosida bashoratlash mezonlarni qo‘llash tibbiy yordam sifatini oshirishga, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga, fito-probiotik davolashni qo‘llash tug‘ruqdan oldin va keyingi yallig‘lanish asoratlarining oldini olishga imkoniyat yaratgan.