Bektemirov Zohid Nodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamon nemis tilida ilovali elementlarning lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD/Fil3782.
Ilmiy rahbar: Begmatov Muxtor Begmatovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/2025.27.12.Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tagaeva Sayyora Ulashevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon nemis tilida ilova konstruksiyalarining lingvopragmatik va ekspressiv funksiyalarini, shuningdek, ularning badiiy matnda muallifning subektiv bahosi va nutqiy niyatini ifodalashdagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilova hodisasi, ilova konstruksiya va ilovali element kabi ilmiy tushunchalarning nazariy asoslari tizimlashtirilib, ularning hozirgi zamon nemis tilidagi badiiy matn doirasidagi lingvistik maqomi (ko‘plab misollar yordamida) aniqlangan;
hozirgi zamon nemis tilidagi badiiy asarlardan olingan matnlarda qo‘llangan ilova konstruksiyalarining struktur xususiyatlari (sodda va murakkab ilova konstruksiyalar), ilovali elementlarning tashkil topish modellari (asosiy ifoda + ilovali element, asosiy ifoda + ilovali elementlar) hamda semantik ma’nolari asosida ularning funksional-semantik imkoniyatlari ochib berilgan;
ilova konstruksiyasi tarkibidagi ilovali elementlarning leksik-grammatik tarkibi va ularning badiiy matndagi qo‘llanish darajasi nemischa badiiy asarlardan olingan misollar tahlili asosida ularning tizimli semantik xususiyatlari dalillangan;
hozirgi zamon nemis badiiy asarlari matnlarida ilova konstruksiyalarining lingvopragmatik va ekspressiv roli, ularning muallif nutqiy niyati, emotsional-baholovchi munosabati hamda adresant–adresat kommunikatsiyasini faollashtirishdagi ahamiyati faktik materiallar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi zamon nemis tilida ilovali elementlarning lingvopragmatik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
hozirgi zamon nemis tilidagi ilova konstruksiyalarining funksional-pragmatik xususiyatlari tizimli asosda ochib berilib, ularning faqat sintaktik hodisa emas, balki muallifning kommunikativ niyati, emotsional-baholovchi munosabati va implisit ma’nolarni ifodalovchi samarali pragmatik vosita ekanligiga oid xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 23-iyundagi 353/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi zamon nemis tilidagi ilova konstruksiyalarida ilovali elementlarning leksik-semantik tarkibiga xos xususiyatlar aniqlanib, ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari tizimli ravishda tahlil qilindi hamda ilovali elementlarning faqat sintaktik hodisa emas, balki muallifning kommunikativ niyati, emotsional-baholovchi munosabati va implisit ma’nolarni ifodalovchi samarali pragmatik vosita ekani ilmiy jihatdan asoslab berildi. Olingan natijalar tilshunoslik, nazariy va amaliy grammatika hamda leksikologiya fanlari bo‘yicha yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ilova konstruksiyalarining pragmatik salohiyati mikrokontekst va makrokontekstning o‘zaro ta’siri orqali yuzaga chiqishi, aynan shu kontekstual munosabatlar ularning emotsional-ekspressiv ta’sir kuchini belgilashi mumkinligiga doir mulohazalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston flialida 2017-2021 yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston flialining 2025-yil 23-iyundagi 282-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, hozirgi zamon nemis tilida ilovali elementlarning lingvopragmatik xususiyatlari mikrokontekst va makrokontekstning o‘zaro ta’siri asosida tahlil qilinib, ularning kommunikativ niyatni ifodalash, emotsional-baholovchi munosabatni kuchaytirish hamda implisit ma’nolarni yuzaga chiqarishdagi roli aniqlangan;
hozirgi zamon nemis tilidagi ilova konstruksiyalari nutqiy harakatlar nazariyasi asosida tahlil qilinib, ularning dialogik nutqda bir kommunikant doirasidan chiqib, kommunikativ hamkorlik mahsuli sifatida shakllanishi va yagona illokutiv kuch bilan tavsiflanishiga doir mulohazalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining ijodiy to‘garaklari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 20-iyundagi 01-03/228-sonli maʼlumotnomasi). Natijada hozirgi zamon nemis tilidagi ilova konstruksiyalari nutqiy harakatlar nazariyasi asosida tahlil qilinib, ularning dialogik nutqda kommunikantlar o‘rtasidagi hamkorlik mahsuli sifatida shakllanishi va yagona illokutiv kuch bilan tavsiflanishi aniqlandi. Olingan natijalar badiiy matnlarda murakkab sintaktik tuzilmalarning lingvopragmatik ma’nosini tushunish, matnni to‘g‘ri talqin qilish va o‘quvchilar tomonidan mazmunni aniq anglashiga xizmat qilgan;
hozirgi zamon nemis tilidagi ilova konstruksiyalari lingvopragmatik va ekspressiv funksiyalar asosida tahlil qilinib, ularning badiiy matnda muallifning subektiv bahosi, nutqiy niyati va emotsional yo‘nalganligini ifodalashda strategik vosita sifatida qo‘llanilishi hamda hozirgi zamon nemis badiiy matnlarida ilova konstruksiyalar adresant-adresat kommunikatsiyasini faollashtiruvchi va emotsional-baholovchi funksiyalarni bajaruvchi lingvopragmatik vosita ekanligiga oid xulosa va echimlardan Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 23-iyun kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand!” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanildigan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 24-iyundagi 01-07/225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilovali elementlarni lingvopragmatik jihatdan tahlil qilish asosida ilovali elementlar tarkibidagi birliklar funksional-semantik jihatdan tavsiflanish sifatida bir qator lingvistik imkoniyatlarni berishga zamin yaratgan.