Isanova Dilfuza Tursunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ish yoshidagi ayollar siydik yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining mikrobiologik tavsifi va asosiy toksonomik belgilari o‘zgaruvchanligining xususiyatlari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD⁄Tib235.
Ilmiy rahbar: Azizov Yuriy Dalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Abdulxalilova Gulnora Qudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Miralimova Shaxlo Mirjamalovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ish yoshidagi ayollar siydik yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining mikrobiologik tavsifi va asosiy taksonomik belgilari o‘zgaruvchanligi xususiyatlarini solishtirma baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ish yoshidagi ayollarda kechadigan siydik yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari shtammlarining patogenligini baholashda saxaroza fermentlashi va gemolitik faolligining ortishi xosligi asoslangan;
siydik yo‘li infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari shtammlarining adgezivlik darajasi hamda virulentligi kasallikning istiqboldagi ahamiyati aniqlangan;
o‘tkir va surunkali siydik yo‘li infeksiyalari differensial tashxisotida siydikning antiadgeziv faolligi darajasi isbotlangan;
ilk bor yiringli yallig‘lanish jarayoni hisobiga teri automikroflorasi miqdorining ortishi o‘tkir va surunkali siydik yo‘li infeksiyalarida yuzaga keladigan organizm disbiozi darajasiga korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ish yoshidagi ayollar siydik yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining mikrobiologik tavsifi va asosiy taksonomik belgilari o‘zgaruvchanligining xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Reproduktiv yoshdagi ayollarda kechadigan siydik yo‘llari infeksiyalarida teri automikroflorasini aniqlashning tashxisiy qiymati» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 noyabrdagi 8n-d/256-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma asosida SYI o‘tkir va surunkali ko‘rinishlarining qo‘shimcha mikrobiologik tashxis usuli sifatida teri automikroflorasini aniqlash, bu usuldan kasallik surunkali ko‘rinishi kechish darajasini baholashning qo‘shimcha tashxisiy mezoni sifatida foydalanish tavsiya etilgan;
tug‘ish yoshidagi ayollar siydik yo‘llari infeksiyalari qo‘zatuvchilarining mikrobiologik tavsifi va asosiy toksonomik belgilari o‘zgaruvchanligining xususiyatlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon shahar Temir yo‘l tarmoq Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yildan 22 maydagi 8n-z/80-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi reproduktiv yoshdagi ayollarda kechadigan siydik yo‘llari infeksiyalarida kasallikni mikrobiologik tashxislash samarali tizimi ishlab chiqilib, teri automikroflorasini aniqlash butun organizm me’yoriy mikroflorasidagi o‘zgarishlar yo‘lanishini ko‘rsatish orqali kasallikni to‘liq tashxislash, davolash tizimini baholash, mikrobilogik tashxislash vaqtini kamaytirish hamda sarflanadigan ortiqcha ish vaqtini tejashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish