Narziev Umidjon Bahrillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida transportdan samarali foydalanishni ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01- “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari.                 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5958 
Ilmiy rahbar: Erkaev Akrom Normuhammadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02                    
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xashimov Pazliddin Zukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.        
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mamlakatda transportdan samarali foydalanishni ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Temiryo‘l va havo yo‘llari transportida yuk tashish xizmatlari tariflarini shakllantirishda ma’muriy tartibga solishdan bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish, tariflarni talab va taklif, transport xarajatlari, logistika samaradorligi hamda raqobat muhiti asosida belgilashning nazariy-uslubiy yondashuvlari takomillashtirildi. 
Markaziy Osiyoda transport-logistika tizimini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy bitim qabul qilish hamda Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalar bilan o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy markazni  birgalikda tashkil etish va foydalanish zarurligi asoslangan,
O‘zbekiston Respublikasining «Evropa–Kavkaz–Osiyo» transport yo‘lagini rivojlantirish (TRASEKA) Hukumatlararo komissiyasining Doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslanib, mamlakatning xalqaro transport yo‘laklaridagi integratsiyasini kuchaytirish, tranzit salohiyatini oshirish va transport-logistika xizmatlari eksportini kengaytirishga xizmat qiluvchi institutsional hamkorlik mexanizmi ishlab chiqilgan.
Respublikada transport infratuzilmasi ko‘rsatkichlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ekonometrik model yordamida transport tizimini 2030- yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Milliy  iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida  transportdan samarali foydalanishni ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
Temiryo‘l va havo yo‘llari transportida yuk tashish xizmatlari tariflarini shakillantirishda ma’muriy tartibga solishdan bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish, tariflarni talab va taklif, transport xarajatlari, logistika samaradorligi hamda raqobat muhiti asosida belgilash va joriy etish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini 53-bandi O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirishdagi 7-xatboshisi ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Trasport vazirligining 2026-yil  5-martdagi 4/1978-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida, sohada raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida xususiy va xorijiy transport operatorlarini jalb qilish, davlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish hamda tartibga soluvchi va xo‘jalik yurituvchi funksiyalarni institutsional jihatdan ajratishga erishilgan.
Markaziy Osiyoda transport-logistika tizimini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy bitim qabul qilish hamda Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalar bilan o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy markazni birgalikda tashkil etish va foydalanish bo‘yicha berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini 4-bob, 1-paragrafini 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 4/1978-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida qo‘shni davlatlar bilan bilan o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy markazni  birgalikda tashkil etish va foydalanish masalalarida ikki tomonlama hamkorlikda foydalanishga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Evropa–Kavkaz–Osiyo» transport yo‘lagini rivojlantirish (TRASEKA) Hukumatlararo komissiyasining Doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslanib, mamlakatning xalqaro transport yo‘laklaridagi integratsiyasini kuchaytirish, tranzit salohiyatini oshirish va transport-logistika xizmatlari eksportini kengaytirishga xizmat qiluvchi institutsional hamkorlik mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha bergan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining Yo‘l xaritasidagi 1-bob 3-paragrafini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil  5-martdagi 4/1978-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida “Evropa-Kavkaz-Osiyo” transport yo‘lagini rivojlantirish (TRASEKA) hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish masalalarida ikki tomonlama hamkorlikda foydalanishga erishiladi.
Respublikada transport infratuzilmasi ko‘rsatkichlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ekonometrik model yordamida transport tizimini 2030- yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini 53-maqsadi 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 4/1978-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublikada transport infratuzilmasi ko‘rsatkichlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ekonometrik model yordamida YaIMning 5000 dollarli marraga etishi bevosita logistika xarajatlarini kamaytirish (X_2) va transport vaqtini qisqartirish (X_4) hisobiga amalga oshishini ishlab chiqish asosida transport tizimini 2030-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini takomillashtirishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish