Isoqov Sobirjon Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda ingliz geosiyosiy strategiyasi” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tar2183
Ilmiy rahbar: Madraximov Zoxid Sharofovich tarix fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr birinchi yarmida O‘rta Osiyoga ingliz geosiyosiy maqsadlari, omillari va yo‘nalishlari hamda uning Turkiston xonliklari ijtimoiy-siyosiy hayotiga tasirini tarixiy manba va adabiyotlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniyaning O‘rta Osiyoga nisbatan olib borgan faoliyati tasodifiy sayohatlar yoki alohida diplomatik tashabbuslar majmui emas, balki Hindiston xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan puxta ishlab chiqilgan harbiy-razvedka strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lganligi Buyuk Britaniya arxivlarining raqamli resurslari, India Office Records elektron hujjatlari hamda Hindistonning Kalkutta shahri va Chandannagar shahri arxivlarining elektron materiallari asosida ilmiy jihatdan asoslab berildi;
Britaniya hukumati tomonidan XIX asr 30-yillarida O‘rta Osiyoga yuborilgan Aleksandr Byornsning Buxoro amirligi otliq va piyoda qo‘shini soni va ularning tumanlararo taqsimoti haqidagi harbiy hisoboti topilishi hamda uning ilk bor mazkur tadqiqot orqali ilmiy muomalaga kiritilishi Buyuk Britaniya xonliklar hududi borasida geosiyosiy strategiyasining real harbiy baholarini ochib berishga xizmat qildi;
Buyuk Britaniya bevosita O‘rta Osiyo xonliklari hududini bosib olishni ko‘zlamagani, balki Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo orqali Hindistonga yaqinlashuvining oldini olishga qaratilgan bilvosita geosiyosiy nazorat mexanizmi sifatida shakllanganligi aniqlanib, ushbu strategiyaning mazmuni xonliklar harbiy salohiyatini o‘rganish, qo‘shin sonini va qurollanish darajasini aniqlash orqali Rossiya imperiyasi hujumiga qay darajada tayyor ekanini aniqlash bo‘lganligi Buyuk Britaniya va Hindiston arxivlarida saqlanayotgan harbiy manbalar hamda razvedka xarakteridagi materiallar asosida ochiqlandi;
Ingliz manbalarining rus tiliga tarjima qilingan nusxalarida harbiy va strategik mazmundagi ma’lumotlarning qisqartirilishi va yashirilishi holatlari mavjudligi qiyosiy tahlillar natijasida dalillandi hamda mazkur holat tarixiy jarayonlarni biryoqlama talqin qilishga olib kelganligi aniqlanib, mavzuga oid tadqiqotlarda faqat birlamchi ingliz manbalariga tayanish lozimligi ilmiy jihatdan asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda ingliz geosiyosiy strategiyasi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniyaning O‘rta Osiyoga nisbatan olib borgan faoliyati tasodifiy sayohatlar yoki alohida diplomatik tashabbuslar majmui emas, balki Hindiston xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan puxta ishlab chiqilgan harbiy-razvedka strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lganligi Buyuk Britaniya arxivlarining raqamli resurslari, India Office Records elektron hujjatlari hamda Hindistonning Kalkutta va Chandannagar shaharlari arxivlarining elektron materiallari asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgani kabi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” va “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan.(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2025-yil 10-iyundagi 15-33/408-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning mazkur dasturlarga taqdim etilishi teletomoshabinlarda O‘rta Osiyo xonliklar hududiga kelgan turli qiyofadagi ingliz xufyalari va harbiylari haqida tushuncha shakllanishiga va mavjud geosiyosiy vaziyat haqida tasavvurlarini yanada kengaytirishga ko‘mak bergan;
Britaniya hukumati tomonidan XIX asr 30-yillarida O‘rta Osiyoga yuborilgan Aleksandr Byornsning Buxoro amirligi otliq va piyoda qo‘shini soni va ularning tumanlararo taqsimoti haqidagi harbiy hisoboti topilishi hamda uning ilk bor mazkur tadqiqot orqali ilmiy muomalaga kiritilishi Buyuk Britaniya xonliklar hududi borasida geosiyosiy strategiyasining real harbiy baholarini ochib berishga xizmat qilgani bo‘yicha dissertatsiyaning ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlari bilan o‘tiladigan “Harbiy san’at tarixi va harbiy meros” fani doirasida o‘quv-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2025-yil 21-iyuldagi 2813-sonli dalolatnomasi) Natijada mazkur o‘quv yurti kursantlariga O‘rta Osiyo xonliklarining harbiy salohiyati va tarixi bo‘yicha yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Ingliz manbalarining rus tiliga tarjima qilingan nusxalarida harbiy va strategik mazmundagi ma’lumotlarning qisqartirilishi va yashirilishi holatlari mavjudligi qiyosiy tahlillar natijasida dalillangani hamda mazkur holat tarixiy jarayonlarni biryoqlama talqin qilishga olib kelganligi, mavzuga oid tadqiqotlarda faqat birlamchi ingliz manbalariga tayanish lozimligi haqidagi ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida harbiy ta’lim tizimiga tatbiq qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 10/2697-son ma’lumotnomasi) Natijada yoshlarda harbiy-tarixiy tafakkurni shakllantirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.
Buyuk Britaniya bevosita O‘rta Osiyo xonliklari hududini bosib olishni ko‘zlamagani, balki Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo orqali Hindistonga yaqinlashuvining oldini olishga qaratilgan bilvosita geosiyosiy nazorat mexanizmi sifatida shakllanganligi aniqlanib, ushbu strategiyaning mazmuni xonliklar harbiy salohiyatini o‘rganish, qo‘shin sonini va qurollanish darajasini aniqlash orqali Rossiya imperiyasi hujumiga qay darajada tayyor ekanini aniqlash bo‘lganligi kabi tadqiqotning natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariyini tayyorlashda foydalanilgan.(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2025-yil 10-iyundagi 15-33/408-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar harbiy tarix haqida yangi ma’lumotlarni teletomoshabinlarga qiziqarli va mazmunli qilib yetkazishga xizmat qilgan.