Asadullaev Nurullaxon Sagdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida yashaydigan keksa va qari yoshdagi bemorlarga stomatologik yordam ko‘rsatish asoslari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib574.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Avetkov David Solomonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ukraina); Do‘stmuxamedov Maxmud Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokai Central Hospital (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta va keksa yoshdagi bemorlarda antioksidant fitovositasidan foydalangan holda keng tarqalgan parodotitni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari antioksidant tizimi ko‘rsatkichlarining buzilishi sababli katta va keksa yoshdagi bemorlarda KPO, CPITN va RMA, PI ko‘rsatkichlarining ko‘tarilishi aniqlangan;
keng tarqalgan parodontit mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi, minerallash potensialining kamayishi (Sa, R) va og‘iz suyuqligi lipopereoksidatsiya jarayonining ko‘payishi bilan birga kechishi, so‘lak bezlari va antioksidant tizimini stimullash kerakligi asoslangan;
og‘iz suyuqligi LPO (DK, TK, OSh) lipoperioksidatsiya mahsulotlarining kamaytiruvchi, antioksidant tizim (SOD, KT, MDA) aktivligini oshirishga yordam beruvchi, antioksidan aktivlikka ega davolash usullarining perspektiv turlari aniqlangan;
katta va keksa yoshdagi bemorlarda keng tarqalgan surunkali parodontitni davolashda antioksidant terapiyani qo‘shib olib borish CPITN, PI, OHI-S, RMA indekslarining aniq ortishi, antioksidant tizim ko‘rsatkichlarining (KT, SOD, MDA) ortishi, LPO mahsulotlarining (DK, TK, OSh) kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stomatologik kasalliklarni kompleks davolashda yangi antioksidant fitovositasini qo‘llanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Katta va keksa yoshdagi insonlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasallikarini davolashda antioksidant fitovositasining qo‘llanishi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8n-r/112-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomasi keksa yosh guruhlardagi bemorlarda stomatologik kasalliklarni kompleks davolashda «Parodonfit»ni qo‘llash davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“Keksa yoshdagilar va qariyalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi va davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8n-r/113-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma keksa va qari yoshdagi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini kompleks davolash asosida hayot sifatini yaxshilash va muqobillashtirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent shahar 1-stomatologiya poliklinikasi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 iyundagi 8n-z/113-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar keng tarqalgan parodontitni davolashda antioksidantdan foydalanish standart terapiyaga nisbatan parodontitning klinik holati me’yorining (26,46%ga) ortishiga, og‘iz suyuqligi biokimyoviy (36,29%ga) va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni (24,58%ga) yaxshilanishiga va OHIP-49-RU indeksi bo‘yicha hayot sifati 33,96%ga oshirishga imkon yaratgan.