Xushvaqtov Nodirbek Nomoz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Raqamli transformatsiya va inson kapitalining banklar samaradorligiga ta’siri”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6097
Ilmiy rahbar: Zunnunova Xulkar Muxtorovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Moxichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: ATB “Asia Allianse Bank”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarida raqamli transformatsiya va inson kapitalining banklar samaradorligiga ta’sirini baholash asosida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli transformatsiya jarayonida bank samaradorligida yuzaga keladigan nomutanosibliklarni kompleks baholash, ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir darajasini hisobga olish hamda samaradorlikning «paradoks» va «sinergiya» holatlarini RSP=(ĈIR/CIR)−1 ko‘rinishida ifodalash imkonini beruvchi “Raqamli Samaradorlik Paradoksi” (RSP) modeli ishlab chiqilgan;
tijorat banklarining raqamli samaradorligini raqamli qamrov, onlayn operatsiyalar intensivligi, mobil faollik, raqamli daromad, avtomatlashtirish darajasi va raqamli kanallardan foydalanish chuqurligi kesimida kompleks baholash, ularning umumiy ta’sirini integral tarzda aniqlash hamda yakuniy samaradorlik darajasini baholash imkonini beruvchi “ZOOMRAD-samaradorlik indeksi” (ZEI) ishlab chiqilgan;
bank samaradorligiga inson kapitali va IT investisiyalar ta’sirini baholash, ularning o‘zaro bog‘liqligi va chegaraviy ta’sir darajasini hisobga olish hamda resurslar taqsimotining maqbul darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi inson kapitali chegaraviy samaradorligini baholashga oid ilmiy-uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
banklarda inson kapitali samaradorligini raqamli kompetensiya, ta’lim salohiyati, ITga moslashuv va mehnat natijadorligi ko‘rsatkichlari asosida kompleks baholash, umumiy samaradorlik darajasini aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini maqsadli shakllantirishga qaratilgan raqamli inson kapitali samaradorlik indeksi (DHCEI) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tijorat banklarida raqamli transformatsiya va inson kapitalining banklar samaradorligiga ta’sirini baholash, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, IT investisiyalar ta’sirining optimal darajasini belgilash hamda bank samaradorligini integral baholash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli transformatsiya jarayonida bank samaradorligida yuzaga keluvchi nomutanosibliklarni miqdoran baholash hamda «paradoks» va «sinergiya» zonalarini aniqlash imkonini beruvchi «Raqamli Samaradorlik Paradoksi» (RSP) modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» faoliyatiga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2026 yil 27 martdagi №05-04/2072-sonli ma’lumotnomasi). Natijad,a Aloqabank va 34 ta tijorat banki bo‘yicha 2020–2024 yillar panel ma’lumotlari asosida raqamli transaksiyalar ulushi 18,4 foizdan 83,1 foizga oshgan sharoitda xarajat-daromad koeffitsienti 63,8 foizni tashkil etgani va RSP koeffitsienti −0,11 darajada shakllangani aniqlanib, raqamli transformatsiyaning samaradorlikka ta’siri inson kapitali orqali shakllanuvchi institutsional-mediatsiya mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan;
tijorat banklarining raqamli samaradorligini kompleks baholashga qaratilgan «ZOOMRAD-samaradorlik indeksi» (ZEI)ni ishlab chiqish bo‘yicha taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» faoliyatiga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2026 yil 27 martdagi №05-04/2072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Aloqabank misolida indeks 28,4 balldan 67,3 ballga oshgani va ZEI hamda aktivlar rentabelligi o‘rtasidagi determinatsiya koeffitsienti R² = 0,78 ni tashkil etgani aniqlanib, raqamli transformatsiya va moliyaviy samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni integral baholash imkonini beruvchi mexanizm ishlab chiqilgan;
bank samaradorligiga inson kapitali va IT investisiyalar ta’sirining optimal darajasini baholashga qaratilgan «Inson kapitali chegaraviy samaradorlik modeli» (IKCSM)ni ishlab chiqish bo‘yicha taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» faoliyatiga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2026 yil 27 martdagi №05-04/2072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, panel regressiya tahlillari asosida IT investisiyalar ulushining optimal darajasi 11,0 foiz ekanligi aniqlanib, inson kapitali investisiyalarining bank samaradorligiga ta’siri chiziqli emas, balki parabolik funksiya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
banklarda inson kapitali samaradorligini baholashga qaratilgan «Raqamli inson kapitali samaradorlik indeksi» (DHCEI)ni ishlab chiqish bo‘yicha taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» faoliyatiga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2026 yil 27 martdagi №05-04/2072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, indeks 32,4 balldan 47,3 ballga oshgani, DHCEI hamda aktivlar rentabelligi o‘rtasidagi bog‘liqlik R² = 0,84 hamda β = 0,284 ekanligi aniqlanib, inson kapitali bank samaradorligini shakllantiruvchi asosiy drayver omil ekanligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan.