Xolmatova Guzal Islomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakatlarga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.Phd/Ped11303.
Ilmiy rahbar: Shahlo Uktamovna Nurullaeva, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi huzuridagi ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash PhD.34/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Sh.A.Abdullaeva, pedagogika fanlari doktori, professor; Sh.R.Turdiev, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakatlarga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning hayot xavfsizligiga salbiy ta’sirini maktab ta’limida o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish asosida o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional harakatlanishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining 12-17 % gacha yaxshilanishga erishilgan;
o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional harakatlanishga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni kreativ, evristik, faoliyatli yondashuv asosida tashkil etishning refleksiv ko‘nikmalar bilan uyg‘unligini ta’minlashga doir ilmiy-metodik tavsiyalar va to‘g‘ri harakatlanish modeli ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakatlanishga tayyorlash jarayonining pedogogik mexanizmlari asosida  kognitiv,  amaliy faoliyat, psixologik regulyativ, ijtimoiy pedagogik, refleksiv va mashg‘ulotlar natijasini baholash, xulosa chiqarish, o‘z-o‘zini ongli boshqarish tamoyili ishlab chiqilgan;
ratsional harakatlanishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari komponentlari “Tarbiya” fani va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga o‘quvchilarni ekstrimal vaziyatlarda ratsional harakatlanishga o‘rgatuvchi mavzularni amaliy mashg‘ulotlarga kiritish, ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni integratsiyalash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakatlarga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning hayot xavfsizligiga salbiy ta’sirini maktab ta’limida o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish asosida o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional harakatlanish tayyorlik ko‘rsatkichlari aniqlashtirilganligiga goir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekuston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekuston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/11-10-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashva harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali tizim yaratish, favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning hayot xavfsizligiga salbiy ta’sirini maktab ta’limida o‘qitish mexanizmlarini  yaratish imkonini bergan;
o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional harakatlanishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari komponentlari (maqsad, taktika, yondashuv, parametr) “Tarbiya” fani o‘qituvchilari faoliyat mazmuniga o‘quvchilarni ekstrimal vaziyatlarda ratsional harakatlanishga o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlarni kiritish, ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan usullar  Surxondaryo viloyati  va Qashqadaryo viloyatlari Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekuston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/11-10-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirish, O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakatlarga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari yaratish va maktab o‘quvchilarini favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qiluvchi lmillarning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
didaktik algoritmga mutanosib tarzda qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklaridan Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekuston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/11-10-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, redagogik amaliyotning ko‘rsatishicha, maktab o‘quvchilarining favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakatlarga tayyorgarligini rivojlantirish murakkab jarayon sanaladi. Chunki, ularning qiziqish hamda ehtiyojlari yosh va psixologik jihatdan beqarorlik kasb etib, qisqa muddatda o‘zgarib turishi mumkin. Tajriba-sinov ishlarining statistik tahlili natijasida tajribadan keyindagi o‘rtacha o‘zlashtirish (79,6–69,0) %10,6 % ga yuqori ekanligini, o‘z navbatida 1,15 barobar ortiqligini anglatish imkonini bergan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish