Rahmonova Gulchehra Zokirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5113.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.FM.04.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mahbuba Rahimjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tadjibaev Ikram Uralbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirishning integrativ didaktik imkoniyatlari tajriba va mini-laboratoriyalar asosida o‘quv jarayonini vizuallashtirish hamda real hayotiy vaziyatlarga asoslangan kontekstli topshiriqlarni didaktik modellashtirish orqali o‘quvchilarning dalillangan xulosa chiqarish kompetensiyalarini prognostik darajalash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA talablari asosida rivojlantirish metodikasi 7E, SEAS texnologiyalarining “kengaytirish va chuqurroq tushunish”, “bilimni qo‘llash” bosqichlarida “bitta muammo–uchta fan integratsiyasi”, “analogik ko‘chirish” kabi usullarni ta’limiy improvizatsiya bilan integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida kognitiv rivojlanish modeli o‘quvchilarning analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va real hayotiy kontekstda bilimni qo‘llash qobiliyatlarini didaktik jarayonning tuzilmaviy traektoriyasiga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
15 yoshli o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirish samaradorligi 1) qonuniyat va faktlarni bilish, 2) sabab-oqibat tushunish, 3) grafik, jadval, diagramma ko‘rinishdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, 4) modellar va loyihalar yaratish kabi darajalar hamda kognitiv, amaliy, axborot tahliliy va kreativ mezonlar asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari quyidagi yo‘nalishlar orqali ta’lim jarayoniga joriy qilindi:
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirishning integrativ didaktik imkoniyatlari tajriba va mini-laboratoriyalar asosida o‘quv jarayonini vizuallashtirish hamda real hayotiy vaziyatlarga asoslangan kontekstli topshiriqlarni didaktik modellashtirish orqali o‘quvchilarning dalillangan xulosa chiqarish kompetensiyalarini prognostik darajalash asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-dekabr 03-33-3561-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) talablariga mos ravishda o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA talablari asosida rivojlantirish metodikasi 7E, SEAS texnologiyalarining “kengaytirish va chuqurroq tushunish”, “bilimni qo‘llash” bosqichlarida “bitta muammo–uchta fan integratsiyasi”, “analogik ko‘chirish” kabi usullarni ta’limiy improvizatsiya bilan integratsiyalash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Tabiiy fanlarni o‘qitishni xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) talablari asosida takomillashtirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “O‘quv-metodik ishlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ularni maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida foydalanishga tavsiya etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” yig‘ilishining 2025-yil 27-oktyabrdagi 2-son qarori asosidagi №12 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada o‘quvchilarda bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish kabi ko‘nikmalar samarali rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida kognitiv rivojlanish modeli o‘quvchilarning analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va real hayotiy kontekstda bilimni qo‘llash qobiliyatlarini didaktik jarayonning tuzilmaviy traektoriyasiga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Tabiiy fanlarni o‘qitishni xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) talablari asosida takomillashtirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “O‘quv-metodik ishlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ularni maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida foydalanishga tavsiya etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” yig‘ilishining 2025-yil 27-oktyabrdagi 2-son qarori asosidagi №12 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish va ijodiy echimlar topishga yo‘naltirilgan tadqiqotchilik faoliyati faollashgan;
15 yoshli o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirish samaradorligi 1) qonuniyat va faktlarni bilish, 2) sabab-oqibat tushunish, 3) grafik, jadval, diagramma ko‘rinishdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, 4) modellar va loyihalar yaratish kabi darajalar hamda kognitiv, amaliy, axborot tahliliy va kreativ mezonlar asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 402-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari Tabiiy fanlar o‘qituvchilari uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursi” ning o‘quv reja va dasturining tegishli modullarini ishlab chiqishda amaliy asos sifatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-dekabr 03-33-3561-son ma’lumotnomasi). PISA formatidagi topshiriqlarning dars jarayoniga integratsiyasi o‘quvchilarda tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni rivojlantirish, hayotiy muammolarni hal qilishda ilmiy bilimlardan foydalanish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.