Yadgarova Nargiza Faxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiyaning klinik prediktorlari», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.Phd/Tib403.
Ilmiy rahbar: Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiyaning klinik prediktorlarini prognozlash orqali o‘rganish, psixoterapiya va profilaktika chora tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiya klinik patoxarakterologik affektiv komponentning yetakchi polimorf simptomlari noturg‘unligi aniqlangan;
pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiyada birinchi epizodning davomiyligi, premorbid shaxs xususiyatlari, perinatal va komorbid somatik patologiya, hamda psixoemotsional omillar tashxislash prediktorlari aniqlangan;
pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiya klinik va biologik – ijtimoiy omillar asosida rezistentlikni erta aniqlash isbotlangan;
pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiyani davolash va profilaktikasiga differensial yondoshuv patoxarakterologik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiya bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash va psixoterapiya usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Terapevtik rezistent depressiyalarda psixoterapiyaning o‘ziga xos xususiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n–d/204-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiyali bemorlarda psixoterapiya usuli va profilaktika chora-tadbirlari qo‘llangan holda ularning ruhiy nogironlikning oldini olish imkonini bergan;
pozitiv affektivli terapevtik rezistent depressiyalarni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan Respublika psixiatrik klinik kasalxonasiga va Toshkent viloyati viloyat psixo-nevrologik dispanserida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 maydagi 8n-z/73-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining joriy qilinishi depressiv buzilishlarda rezistentlik hosil bo‘lishini erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirish va nogironlik ko‘rsatkichini kamaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish