Sharofiddinov Kamoliddinning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`tni davolash samaradorligini yoshga doir klinik va patomorfologik xususiyatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib4288.
Ilmiy rahbarlar: Musaeva Yulduz Alpisovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Qilichov Ibadulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tdan vafot etgan bemorlar bosh miya to‘qimasidagi o‘zgarishlarni klinik-nevrologik o‘ziga xos yosh jihatlari va davolash samaradorligi patomorfologik mezonlar asosida baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-anamnestik va autopsiya materiallari tahlili asosida ishemik insul`tdan o‘lim ko‘rsatkichi ayollarda keksa yosh guruhida, erkaklarda esa 60–74 yosh oralig‘ida ustunlik qilishi, letal oqibat sabablari orasida arterial gipertenziya, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet asoratlari yetakchi o‘rin egallashi hamda o‘lim holatlari bemorlar shifoxonaga yotqizilganidan keyingi dastlabki sutkada eng yuqori darajada qayd etilishi isbotlangan;
ishemik insul`tda davolangan bemorlarda yoshga bog‘liq patomorfologik o‘zgarishlar intrakranial qon tomirlarda reparativ tiklanish, kollateral neoangiogenez va gliomezodermal chandiq shakllanishi bilan, davolanmagan bemorlarda esa yosh ortishi bilan tomir devorida mukoid va fibrinoid bo‘kish, gialinoz, aterokal`sinoz, tomirlar stenozi va okklyuziyasi hamda keng o‘choqli ishemik nekrozning kuchayishi bilan tavsiflanishi davolash samaradorligini baholashning morfologik mezoni sifatida asoslangan;
ishemik insul`tda yosh ortishi bilan miya po‘stlog‘i qavatlari qalinligi, neyronlar va astrotsitlar zichligi hamda astrotsitar indeksning izchil kamayishi, bunda eng chuqur o‘zgarishlar III–IV qavatlarda kuzatilishi morfometrik jihatdan aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar miya to‘qimasi ishemik shikastlanishi og‘irligi va davolash samaradorligini baholashning yoshga xos ob’ektiv mezonlari sifatida asoslangan;
ishemik insul`tda ishemik o‘choq tarqalish darajasini aniqlashda klinik-nevrologik simptomatikaning o‘zi etarli emasligi, MRT ma’lumotlarini NIHSS shkalasi, gomotsistein darajasi hamda TNF-α va IL-6 sitokinlari dinamikasi bilan kompleks baholash ishemik shikastlanish og‘irligini aniqlash va kasallik kechishini bashoratlashning ishonchli mezoni ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishemik insul`tni davolash samaradorligini yoshga doir klinik va patomorfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik-anamnestik va autopsiya materiallari tahlili asosida ishemik insul`tdan o‘lim ko‘rsatkichi ayollarda keksa yosh guruhida, erkaklarda esa 60–74 yosh oralig‘ida ustunlik qilishi, letal oqibat sabablari orasida arterial gipertenziya, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet asoratlari yetakchi o‘rin egallashi hamda o‘lim holatlari bemorlar shifoxonaga yotqizilganidan keyingi dastlabki sutkada eng yuqori darajada qayd etilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 noyabrda 112/25-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning klinik kechishi va davolash samaradorligida yosh omillarining ahamiyati» va 2026 yil 26 martda 121-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tlarni davolash samaradorligini yoshga doir klinik va patomorfologik o‘zgarishlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 112-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 189-T-son, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 18.03.2026 yildagi 52-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 06-T-sonli  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`t rivojlanishida yetakchi o‘rin tutuvchi boshqariladigan xavf omillarini erta aniqlash, bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish va profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida kasallikning og‘ir kechishi va asoratlanish xavfini kamaytirish, ishemik insul`tning takroriy rivojlanishining oldini olish, bemorlarning funksional holati va hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tli bemorlarni yosh va morfometrik xavf darajasi bo‘yicha individuallashtirish, erta davolash va reabilitatsiya choralarini qo‘llash orqali mehnatga layoqatsizlik va davolanish muddatini 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda 1,8 kunga, 60–74 yoshlilarda – 2,2 kunga, 75 yosh va undan katta bemorlarda esa – 1,6 kunga qisqartirish natijasida yoshlar kesimida 3105480-4846650-2719560 so‘m, jami 10671690 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tda davolangan bemorlarda yoshga bog‘liq patomorfologik o‘zgarishlar intrakranial qon tomirlarda reparativ tiklanish, kollateral neoangiogenez va gliomezodermal chandiq shakllanishi bilan, davolanmagan bemorlarda esa yosh ortishi bilan tomir devorida mukoid va fibrinoid bo‘kish, gialinoz, aterokal`sinoz, tomirlar stenozi va okklyuziyasi hamda keng o‘choqli ishemik nekrozning kuchayishi bilan tavsiflanishi davolash samaradorligini baholashning morfologik mezoni sifatida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 noyabrda 112/25-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning klinik kechishi va davolash samaradorligida yosh omillarining ahamiyati» va 2026 yil 26 martda 121-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tlarni davolash samaradorligini yoshga doir klinik va patomorfologik o‘zgarishlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 112-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 189-T-son, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 18.03.2026 yildagi 52-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 06-T-sonli  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`t rivojlanishida yetakchi o‘rin tutuvchi boshqariladigan xavf omillarini erta aniqlash, bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish va profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida kasallikning og‘ir kechishi va asoratlanish xavfini kamaytirish, ishemik insul`tning takroriy rivojlanishining oldini olish, bemorlarning funksional holati va hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tli bemorlarni yosh va morfometrik xavf darajasi bo‘yicha individuallashtirish, erta davolash va reabilitatsiya choralarini qo‘llash orqali mehnatga layoqatsizlik va davolanish muddatini 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda 1,8 kunga, 60–74 yoshlilarda – 2,2 kunga, 75 yosh va undan katta bemorlarda esa – 1,6 kunga qisqartirish natijasida yoshlar kesimida 3105480-4846650-2719560 so‘m, jami 10671690 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tda yosh ortishi bilan miya po‘stlog‘i qavatlari qalinligi, neyronlar va astrotsitlar zichligi hamda astrotsitar indeksning izchil kamayishi, bunda eng chuqur o‘zgarishlar III–IV qavatlarda kuzatilishi morfometrik jihatdan aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar miya to‘qimasi ishemik shikastlanishi og‘irligi va davolash samaradorligini baholashning yoshga xos ob’ektiv mezonlari sifatida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 noyabrda 112/25-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning klinik kechishi va davolash samaradorligida yosh omillarining ahamiyati» va 2026 yil 26 martda 121-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tlarni davolash samaradorligini yoshga doir klinik va patomorfologik o‘zgarishlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 112-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 189-T-son, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 18.03.2026 yildagi 52-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 06-T-sonli  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`t rivojlanishida yetakchi o‘rin tutuvchi boshqariladigan xavf omillarini erta aniqlash, bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish va profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida kasallikning og‘ir kechishi va asoratlanish xavfini kamaytirish, ishemik insul`tning takroriy rivojlanishining oldini olish, bemorlarning funksional holati va hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tli bemorlarni yosh va morfometrik xavf darajasi bo‘yicha individuallashtirish, erta davolash va reabilitatsiya choralarini qo‘llash orqali mehnatga layoqatsizlik va davolanish muddatini 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda 1,8 kunga, 60–74 yoshlilarda – 2,2 kunga, 75 yosh va undan katta bemorlarda esa – 1,6 kunga qisqartirish natijasida yoshlar kesimida 3105480-4846650-2719560 so‘m, jami 10671690 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tda ishemik o‘choq tarqalish darajasini aniqlashda klinik-nevrologik simptomatikaning o‘zi etarli emasligi, MRT ma’lumotlarini NIHSS shkalasi, gomotsistein darajasi hamda TNF-α va IL-6 sitokinlari dinamikasi bilan kompleks baholash ishemik shikastlanish og‘irligini aniqlash va kasallik kechishini bashoratlashning ishonchli mezoni ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 noyabrda 112/25-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning klinik kechishi va davolash samaradorligida yosh omillarining ahamiyati» va 2026 yil 26 martda 121-son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tlarni davolash samaradorligini yoshga doir klinik va patomorfologik o‘zgarishlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 112-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.11.2025 yildagi 189-T-son, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 18.03.2026 yildagi 52-son hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 06-T-sonli  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`tli bemorlarda qon tomir diametri torayishi va ichki uyqu arteriyasidagi kritik morfologik o‘zgarishlar natijasida noxush klinik oqibatlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya taktikasini yosh va morfologik xususiyatlarga mos ravishda individuallashtirish, nevrologik asorat, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish, bemorlarning funksional tiklanish darajasi hamda hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tli bemorlarni yosh va morfometrik xavf darajasi bo‘yicha individuallashtirish, erta davolash va reabilitatsiya choralarini qo‘llash orqali mehnatga layoqatsizlik va davolanish muddatini 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda 1,8 kunga, 60–74 yoshlilarda – 2,2 kunga, 75 yosh va undan katta bemorlarda esa – 1,6 kunga qisqartirish natijasida yoshlar kesimida 3105480-4846650-2719560 so‘m, jami 10671690 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish