Taxirova Kamolaxon Abrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta og‘irlikdagi tarqoq parodontitni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib501.
Ilmiy rahbar: Kamilov Haydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gerasimova Larisa Pavlovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqoq parodontitning tashxisotini mukammallashtirish orqali davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta og‘irlikdagi surunkali tarqoq parodontitga ega bemorlarda real vaqtdagi polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida parodontopatogen mikrofloraning miqdori va sifat tarkibi aniqlangan;
fotodinamik terapiyaning anaerob mikroblar hamda fakul`tativ flora miqdorini kamaytirishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i disbiotik buzilishlarini bartaraf etishdagi ijobiy xususiyati asoslab berilgan;
fotodinamik terapiya va gomeopatik davolash tizimini majmuaviy qo‘llanilishida periferik mikrotsirkulyasiya faol va passiv modulyasiya ko‘rsatkichlarini faolashuviga olib kelishi, buning oqibatida yallig‘lanish jarayonlari bartaraf etilishi isbotlangan;
tarqalgan parodontitni davolashda qo‘llanilgan kompleks parodontal indeks ko‘rsatkichlari PMA, KPI ishonarli ravishda yaxshilanishi, parodont to‘qimasi regenerator xususiyatlariga ijobiy ta’siri asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta og‘irlikdagi tarqoq parodontitni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘rta og‘irlik darajasidagi surunkali umumiy parodontit tashxislashda parodontopatogen mikroorganizmlarning miqdor va sifat tarkibini o‘rganish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 iyundagi 8n-r/192-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida o‘rta og‘irlik darajasidagi surunkali umumiy parodontit tashxisotida parodontopatogen mikroorganizmlarning miqdor va sifat tarkibini tashxislash, samarali davolash uchun aniq harakatlar rejasini tuzish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
«Umumiy parodontitning yallig‘lanish jarayonlarini gomeopatik davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 iyundagi 8n-r/192-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma umumiy parodontit yallig‘lanish jarayonlarining gomeopatik davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
o‘rta og‘irlikdagi tarqoq parodontitni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti Terapevtik stomatologiya poliklinikasi, Samarqand viloyati stomatologik poliklinikalari, Respublika sog‘liqni saqlash vazirligining stomatologiya poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 iyundagi 8n-r/192-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi klinik-mikrobiologik va LDF-metrik ko‘rsatkichlarning o‘rganilishida holatning me’yor darajasigacha yaxshilanishi, davolash muddatlari va kasallik residivlarining sonini qisqarishi, remissiya vaqtini uzaytirish, profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish