Xolmirzaeva Gulbahor Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak tarbiyachilarni pedagogik tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped7365.
Ilmiy rahbar: Umnov Dmitriy Gennadevich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirishning mundarijaviy refleksiya, mazmun tahlil, mazmuniy faoliyatni rejalashtirish aspektlar vositasida psixologik, pedagogik va tashkiliy mexanizmlari aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini bevosita bog‘liq bo‘lgan individual tasavvurlarini faollashtirish, o‘zligiga yo‘l ochish, kasbiy o‘zligini topa olishini ta’minlash, tanlagan kasbiga yo‘naltirilgan shaxsiy qadriyatlar tizimini aniqlash kabi omillari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni yuksak malakali mutaxassis sifatida etishtirishda pedagogik tafakkurni rivojlantirishning shartlari, ushbu jarayonning mezonlari, pedagogik tafakkurni rivojlantirish ko‘rsatkichlari hamda nazariy va amaliy faoliyatda sanogenik funksiyalarga ustuvorlik bergan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy pedagogik o‘zlikni rivojlantirish uchun metodlar hamda usullar mavjud didaktik vositalarga ijodiy yondashgan holda model takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirishning mundarijaviy refleksiya, mazmun tahlil, mazmuniy faoliyatni rejalashtirish aspektlar vositasida psixologik, pedagogik va tashkiliy mexanizmlari aniqlashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalari “Pedagogika nazariyasi va tarixi (pedagogik tafakkurni rivojlantirish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son nashr ruxsatnomasi asosida). Natijada bo‘lajak tarbiyachilar pedagogik tafakkurini rivojlantirish tizimini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini bevosita bog‘liq bo‘lgan individual tasavvurlarini faollashtirish, o‘zligiga yo‘l ochish, kasbiy o‘zligini topa olishini ta’minlash, tanlagan kasbiga yo‘naltirilgan shaxsiy qadriyatlar tizimini aniqlash kabi omillari aniqlashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan Andijon davlat universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 22-noyabrdagi №39–01–1588-son ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda nazariy-pedagogik tafakkurni shakllantirishga yo‘naltirilgan individual faollik, pedagogik g‘oya manbalarini anglash va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga oid faoliyat elementlari joriy etildi tarbiyachilarda nazariy-pedogogik tafakkur rivojlanishini pedogogik qo‘llab-quvvatlashga sharoit yaratildi;
bo‘lajak tarbiyachilarni yuksak malakali mutaxassis sifatida etishtirishda pedagogik tafakkurni rivojlantirishning shartlari, ushbu jarayonning mezonlari, pedagogik tafakkurni rivojlantirish ko‘rsatkichlari hamda nazariy va amaliy faoliyatda sanogenik funksiyalarga ustuvorlik bergan holda takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi (pedagogik tafakkurni rivojlantirish)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi sezilarli darajada oshgan.
bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy pedagogik o‘zlikni rivojlantirish uchun metodlar hamda usullar mavjud didaktik vositalarga ijodiy yondashgan holda model takomillashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalar “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” kabi teledasturlar kontentiga integratsiya qilindi. Jumladan, pedagogik tafakkurni rivojlantirishga doir motivatsion, maqsadli, mazmuniy-instrumental va refleksiv baholash mexanizmlariga oid ilmiy xulosalar, pedagogik tafakkurni baholash mezonlari va darajalari, hamda ularni maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida qo‘llashga doir tavsiyalar asosida teleko‘rsatuvlar ssenariysi tayyorlangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanali 2024-yil 19-iyundagi 04-36/865-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagogik tafakkurni ommaviy axborot vositalarida ommalashtirish, pedagogik g‘oyalarni yetkazish va kasbiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirildi.